Kun tahlili 41-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Parlament saylovidan keyingi Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatining vaziyati haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 41-qism

Kun tahlili 41-qism

Qariyb 6 million aholiga ega bo’lgan Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatida 3 milliondan ortiq saylovchi ro’yhatga olingan. Ularning qariyb 57 foizi shu yilning 30-sentabri kungi parlament saylovida ovoz berishdi. Saylov umumiy olib qaraganda tinch o’tishiga qaramay ba’zi mintaqalardagi qurolli kishilarning va Peshmerge qo‘shinlarning borligi muhim bahslarga yo’l ochdi. Kurdiston yurtsevarlar birligi va Kurdiston demokratik partiyasi bir-birini saylovda hiyla ishlatganlikda ayblar ekan Gorran va Yangi avlod harakati esa ko‘proq Kurdiston yurtsevarlar birligini saylovda hiyla ishlatganlikda aybladi. Berilgan barcha bayonotlarga qaramay Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyati saylovni muvaffaqiyatli ravishda tamomladi. Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy shu doirda “Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatining Parlament saylovini tinch o’tkazib olganidan hursandmiz. Saylov natijalarining Iroqning birlik va butunligini himoya qilishi va mamlakatda barqarorlikning ta’minlanishi jihatidan yaxshilikka olib kelishini tilaymiz“ dedi.

Norasmiy saylov natijalariga ko’ra Kurdiston demokratik partiyasi ovozlarning 45 foizini olish orqali katta muvaffaqiyatga yetishdi. Kurdiston yurtsevarlar birligi esa saylovda mag’lubiyatga uchrab, 19 foizlik ovoz bilan g’alabani qo’ldan boy berdi. Gorran harakati 12 foiz, Yangi avlod harakati 8.3 foiz, Islomiy partiyalar 7 va 5 foiz atrofida ovoz olar ekan Serdam ittifoqi atigi 1 foiz ovoz oldi.

Norasmiy saylov natijalariga ko’ra katta muvaffaqiyatga qo’l yetkazgan Kurdiston demokratik partiyasi ayni vatqda Kurdiston yurtsevarlar birligini chetlab o’tib, boshqa kichik partiya bilan hukumat tuzish imkoniga ham erishdi. Ovozlarni sanash ishlari davom etar ekan Iroq parlamentida esa Prezidentlik saylovi davom etayotgan edi. Iroq konstitutsiyasiga ko’ra prezidentlikka nomzod kurdlardan ko’rsatilishi darkor. Lekin Kurdiston yurtsevarlar va Kurdiston demokratik partiyasining birgalashib bitta nomzod ko’rsatolmaganligi ikkala partiya o’rtasidagi raqobat va inqirozga yo’l ochdi.

Kurdiston demokratik partiyasi Prezidentlik uchun Fuad Husayinni, Kurdiston yurtsevarlar birligi esa Barham Solihni nomzod etib ko’rsatdi. Iroq majlisidagi ikkinchi bosqichda yani yashirin saylovda 329 deputatning 272 nafari ishtirok etdi. Natijada Kurdiston yurtsevarlar birligi nomzodi Barham Solih 219 ovoz olish orqali Iroqning to’rtinchi Prezidenti etib saylandi. Kurdiston demokratik partiyasi nomzodi Fuad Husayin esa atigi 22 ovoz oldi. Prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 7 nomzoddan hech qaysinisi talab qilingan 220 ovozni qo’lga kiritolmaganligi tufayli saylov ikkinchi boqichda davom etgan edi. Prezidentlik saylovining birinchi bosqichida Barham Solih 165, Fuad Husayin 89, mustaqil nomzod Sirva Abdulvohid esa 18 ovoz olgan edi.   

Prezidentlik saylovida Kurdiston yurtsevarlar birligi tomonidan prezidentlik uchun nomzod etib ko’rsatilgan Barham Solihning g’alabaga erishishi ayni vaqtda Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatining ichki siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Chunki bir kunda bo’lib o’tgan saylovlarda katta muvaffaqiyatga erishgan Kurdlarning demokratik partiyasi, ichki siyosatda Kurdiston yurtsevarlar birligiga qarshi yana-da kuchli va jiddiy siyosat kuzatishi mumkin.

Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatidagi saylovlarning natijasi Turkiya bilan Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyati munosabati shuningdek Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatining mustaqillik bo’yicha o’tkazgan referandumi ortidan, Iroq markaziy hukumatining og’ir javobi bilan Kerkukdek yutug’ini qo’ldan boy bergan Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyati boshqaruvi, Turkiya bilan bo’lgan munosabatini tiklash niyatida. Ayniqsa Kurdiston demokratik partiyasi iqtisodiy tarmoqda Turkiya bilan bo’lgan savdo hamkorligini qayta tiklashni xohlaydi. Turkiyaning Kurdiston yurtsevarlar nazorati ostidagi Sulaymoniya aeroportiga nisbatan yo’lga qo’ygan sanksiyalarni davom ettirishi, Turkiyaning Kurdiston yurtsevarlar birligiga bo’lgan munosabatini ko’rsatgan muhim masala hisoblanadi. Kurdiston demokratik partiyasining saylovdagi g’alabasi, Turkiya bilan Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyati munosabatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.  

Turkiya terrorizmga qarshi kurash doirasida Shimoliy Iroqda olib borgan harbiy amaliyotlari orqali PKK terror tashkilotining Shimoliy Iroq ustidan Turkiyaga sizib kirishining oldini olishga harakat qilmoqdadir. Shunday ekan mazkur kurash Kurdiston demokratik partiyaning saylovlarda g’olib chiqishi ortidan yana-da kuchayishi mumkin. Chunki Kurdiston yurtsevarlar birligi bilan PKK terror tashkiloti munosabati Kurdiston demokratik partiyasi bilan PKK terror tashkiloti munosabatiga qaraganda yaxshiroqdir. Turkiya Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyati bilan bo’lgan munosabatini mustahkamlar ekan ayni vaqtda Kurdiston demokratik partiyasidan PKK terror tashkilotining Turkiyaga tug’dirgan tahditlariga qarshi konkret qadamlar talab qilishi mumkin.   

Iroq saylovlari ustidan bir necha oy o’tishiga qaramay Iroq markaziy hukumatining haligacha tuzilmaganaligi, ham Iroq ham da Turkiya uchun muhim muammolar yaratishi mumkin. Agar Iroq kurd mintaqaviy ma’muriyatidagi saylov natijasiga ko’ra tezlik bilan hukumat tashkil etilgudek bo’lsa IKMMning, Iroq va Turkiya xavfsizligi uchun ijobiy natijalar tug’dirishi kutilmoqda. Agar Iroq markaziy hukumati ham tashkil etilgudek bo’lsa unda Iroqdagi bir necha muammoga qarshi yana-da kuchliroq kurash olib borilishi mumkin.

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.



Aloqador xabarlar