Norvegiyada musulmonlikni qabul qilganlar soni 3000ga yetdi

“Avvallari norvegiyalik ayollar turmush qurish yo’li bilan islom dinini tanlar edilar. Xozirda bu tushuncha o’zgardi. Endilikda, asosan ayollar o’qib, o’rganib islomni qabul qilmoqda”,-deydi tadqiqotchi Karin Vog.

Norvegiyada musulmonlikni qabul qilganlar soni 3000ga yetdi

 

Norvegiyada oxirgi paytlarda musulmonlikni qabul qilganlar soni ortmoqda.

Bu haqda Oslo universiteti dinlar tarixi fakulteti xodimi tadqiqotchi Karin Vog ma’lum qildi.

Uning aytishicha, xozirda musulmonlikni qabul qilgan norvegiyaliklar soni 3 mingdan oshgan.

Mahalliy gazetalardan biri “Verdens Gand”ning xabarida, 1990 yillardan e’tiboran islomni qabul qilgan norvegiyaliklar sonida katta ortish kuzatilganligiga diqqat qaratiladi.

Bu xabarda tadqiqotchi Karin Vogning ham fikrlariga o’rin berilgan.

Karin Vog 1990 yillarda musulmonlikni qabul qilgan norvegiyaliklar soni 500 atrofida ekanligini, oxirgi yillarda esa, bu raqam 3 mingga yetganligini ma’lum qilgan.

“Avvallari norvegiyalik ayollar turmush qurish yo’li bilan islom dinini tanlar edilar. Xozirda bu tushuncha o’zgardi. Endilikda, asosan ayollar o’qib, o’rganib islomni qabul qilmoqda”,-deydi u.

Antropolog Linda Noor esa, dunyo tobora torayib borayotganligini va barcha insonlar islom dini bilan bog’liq ma’lumotlarga har joydan osonlikcha erisha olganligini ma’lum qildi.

4 yil oldin musulmon bo’lgan norvegiyalik Monika Salmouk islom haqida juda ko’p izlanganligini va kitob o’qiganligini bildirib, Osloda ilk marta Islom madaniyat markazi qoshidagi masjidga borganligini va bundan juda ta’sirlanganligini, o’sha joyda musulmon bo’lishga qaror berganligini aytadi.

Norvegiyalik Silja Aaliya Nilsen esa, islomdan juda ta’sirlanganligini va 16 yoshida musulmon bo’lganligini aytadi.

Oilasi muhojirlarga g’amxo’rlik qiladigan va ular bilan shug’ullanadigan 42 yoshdagi Solva Nabila Sexelin musulmon muhojir oilalarning farzandlaridan at’sirlangan holda islomni qabul qilgan.

Islomni qabul qilgan 77 yoshdagi Truls Noor Ahmad Bolstad esa, 15 yoshida musulmon bo’lganligini anglatdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: islom , musulmonlik , Norvegiya

Aloqador xabarlar