Eronda harbiy parad chog'ida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, terrorchilik harakatida 8 askar halok bo’lgan, 20 nafari yaralangan.

Eronda harbiy parad chog'ida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Eron janubidagi Axvaz shahrida o'tkazilayotgan harbiy parad chog'ida terrorchilik harakati sodir etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, terrorchilik harakatida 8 askar halok bo’lgan, 20 nafari yaralangan.

Ular Axvaz shahridagi maydonda “Muqaddas mudofaa haftasi” munosabati bilan tashkil qilingan harbiy paradda ishtirok etishayotgan edi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, harbiy forma kiyimida bo’lgan noma’lum shaxslar parad vaqtida ishtirokchilarga qarata o'q uzgan. 10 daqiqa davom etgan otishmada inqilob muxofizlariga qarashli 8 askar halok bo’lgan.

Eron rasmiy xabar agentligi IRNA ma’lumot berishicha, terrorchilik harakati oqibatida 20 kishi turli jarohatlar olgan, hujumni sodir qilgan shaxslardan 4 nafari voqea joyida xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o'ldirilgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: terrorchilik harakati , harbiy parad , Eron

Aloqador xabarlar