Kun tahlili 38-qism

Dasturimizning bugungi sonida Idlibning oxirgi vaziyati haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 38-qism

Kun tahlili 38-qism

Bashar al-Asad rejimi Rossiya va Eronning ko’magi bilan Suriyaning bir necha mintaqasini harbiy yo’llar orqali takror bosib oldi. Suriyadagi harbiy muxolafat guruhi bilan mintaqada yashagan tinch aholining Humus, Guta, Dera va boshqa mintaqalardan chiqarilib Idlibga evakuatsiya qilinishi ortidan Idlib, ham harbiy muxolafat guruhning ham da tinch aholining oxirgi qal’asiga aylandi. Urushdan oldin qariyb 700 ming aholiga ega bo’lgan Idlibda bugungi kunda qariyb 3 million tinch aholining jon saqlayotganligi qayd etilmoqda. Aytib o’tish joizki Idlib, Ostonada bo’lib o‘tgan muzokaralar natijasida e’lon qilingan 4 ta deeskalatsiya zonasidan oxirgisi hisoblanadi. Yana huddi mana shu Ostona muzokarasi yordamida Turk Qurolli kuchlari Idlibda 12 ta nazorat qilish nuqtasi tashkil etdi.

Idlibga qarshi Rossiya va Eronning ko’magi bilan uyushtirilgan harbiy amaliyot uzoq muddatdan beri kun tartibini band qilib kelmoqda. Agar bundan keyin ham Idlibga qarshi yana bir marotaba harbiy amaliyot uyushtirilgudek bo’lsa unda mintaqada yangi migratsiya to’lqinining paydo bo’lishi mumkin. Bu vaziyatda millionlab tinch aholining Turkiyaga qarab qochishi va jon saqlash uchun murojaat qilishni rejalashtirganligi aytilmoqda. Turkiya dunyo mamlakatlari orasida muhojirlarga eng ko’p quchoq ochgan davlatdir lekin bu vaziyat ayni vatqda yangi migratsiya to’lqiniga bardosh berolmasligini ko’rsatmoqda. Yangi Idlib amaliyoti natijasida o’rtaga chiqadigan vayronagarchilik va gumanitar halokat aslida butun dunyoni tashvishga solmoqda lekin bunga monelik qilishlikka faqatgina Turkiya  harakat qilmoqda.                                                                                                        

Ostona jarayoni asosida Eron, Rossiya va Turkiya o’rtasida o’tkazilgan sammitlarning oxirgisi yaqindagina Tehronda bo’lib o’tdi. Tehron sammitining rus va turk rasmiylaridan bexabar Eron tomonidan jonli efir orqali berilishi butun dunyoga Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning suriyaliklarning qatl qilinmasligi uchun bir o’zining qanday qilib kurash olib borayotganligini yaqqol ko’rsatdi. Tehron sammitida Rossiya va Eronning e’tirozlari yuzasidan o’q uzishni to’xtatish e’lon qilinmasa ham qurolni tashlashga chaqirildi. Shuningdek Turkiyaning qarorliligi tufayli Idlibga qarshi uyushtirilishi ehtimol bo’lgan amaliyot yo’q deganda keyingiga qoldirildi.

Idlibning kelajagi uchun alternativ tsenariylar bor. Shu doirada Rossiya va uning ittifoqdoshlari Turkiyani nazorat nuqtalaridan ortga qaytib, Idlibga qarshi keng ko’lamli amaliyot olib borishi uchun ko’ndirishga harakat qilmoqda. Turkiya esa alternativ tsenariylar topish payida. Ulardan biri esa Turkiya va Turkiyani qo’llab-quvvatlagan harbiy muxolafat soninig ko’paytirilib Hay’at Tahrir al-Sham va mavjud guruhlarning shimoldan janubga o’tishi masalasidir. Shuningdek Turkiston Islom partiyasi va Hurash ad-Den kabi guruhlarning yo’q qilinishi.   

Gumanitar halokat yuz bergudek bo’lsa unda bunga qarshi Turkiyaning o’zini qo’llab-quvvatlagan guruhlar bilan birgalikda Idlibga kirib, mintaqa markazi ham doxil xavfsiz hudud tashkil etishi eng ijobiy tusdagi tsenariy bo’lar edi. Muxolafat guruhning butunlay tuproqsiz qo’lishiga monelik qilinishi, gumanitar enqirozining oldini olish, PKK/ YPG terror tashkilotining jarayondan foydalanishining va siyosiy kuch qozonishiga to’siqlik qilinishi muhim yutuq hisoblanadi. Idlibda amaliyot olib borilgudek bo’lsa undan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti ham faol rol o’ynaydi. Ayniqsa Eron xalq kuchlari va Hizbulloh mintaqada Suriya Demokratik kuchlariga qarashli jangarilarga mashq qildirayotganligi ma’lum. Ularning ham amaliyotga doxil bo’lish niyatining borligi o’rtada.  Agar ular ham amaliyotga doxil bo’lgudek bo’lsa unda ular shu fırsatdan foydalanib Afrinni takror bosib olish payiga tushadi. Undan tashqari Tel Rifaatta bunga qarshi kuch biriktirayotganliklarini ham yaxshi bilamiz. Shunday ekan Turkiyaning proaktiv munosabatda bo’lishi darkor.

 

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Eron , Rossiya , Turkiya , Idlib , Suriya

Aloqador xabarlar