TANAP Ozarbayjon tomonidan mukofotga loyiq deb topildi

Trans Onado'li Tabiiy gaz quvur tarmog'i loyihasi, Ozarbayjon tomonidan mukofotga loyiq deb topildi.

TANAP Ozarbayjon tomonidan mukofotga loyiq deb topildi

Trans Onado'li Tabiiy gaz quvur tarmog'i loyihasi (TANAP), Ozarbayjon tomonidan mukofotga loyiq deb topildi.

Ozarbayjonning Shohdengiz hududidan chiqarilgan tabiiy gazni Turkiya ustidan Yevropga yetkazish maqsadida qurilgan va Janubiy Gaz Koridorining muhim bo'limini tashkil etgan TANAP, o'q vaqtida va budjetining rejalashtirilgandan oz bo'lgani uchun mukofotga loyiq deb topildi.

TANAP bosh mudiri Saltun Duzyol bergan yozma bayonotida, Ozarbayjon prezidenti Ilham Aliyev tomonidan, har yil nishonlanilgan 20- Sentyabr kuni Neftchilar kuni munosabati bilan "Do'stlik Medali"ga loyiq deb topilishidan mamnun ekanligini qayd etti. "Duzyol" 1850 km. bo'limi bugungacha Turkiyadagi eng katta quvur tarmog'i TANAPni rejalashtirilgan muddatidan oldin tamomlab budjettan tejagandir" deb ifoda etdi.

TANAP bilan muhim bir loyiha amalga oshirilganini ifoda etgan Duzyol, buni hayotga tatbiq etish uchun bergan siyosiy dastak bilan katta hissalari bo'lgan prezident Rejep Tayyip Erdogan va Ozarbayjon prezidenti Ilham Aliyevga ham minnatdorlik bildirdi.

Iyul oyi Eskishehirgacha bo'lgan bo'limi xizmatga o'tgan va ilk gaz berilgan TANAPning, Janubiy Gaz koridorining Yevropa bo'limini tashkil etgan Trans Adriyatik tabiiy gaz quvur tarmog'iga (TAP) ulanishi kutilmoqda.

TANAPdan ilk bosqichda olinadigan 16 milliard kubametr gazning 6 milliardi Turkiya tomonidan iste'mol qilinar ekan, qolgan bo'limi 2020- yildan e'tiboran Yevropaga yetkaziladi.



Aloqador xabarlar