Nigeriyada qurolli hujum uyushtirildi

Nigeriyada shu yilning yanvar oyidan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida qariyb 400 kishi jon bergan bo’lib, minglab kishi o’z uy-joylarini tark etishga majbur qolgan.

Nigeriyada qurolli hujum uyushtirildi

Nigeriyaning shimoliy-g’arbida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 11 kishi jon berdi.

Mahalliy matbuotda qayd etilishicha Nigeriyaning Zamfara shtatiga qarashli Badarava qishlog’ida kim ekanligi noma’lum kishilar tomonidan kinoga kirish uchun yig’ilgan guruhga qarshi o’q uzilgan.

Hujumda 11 kishi jon berar ekan jon berganlardan tashqari 20dan ortiq kishining tan jarohati olganligi qayd etildi.

Tan jarohati olganlar kasalxonaga yetkazib borilar ekan voqea haqida tergov ishlari boshlatilganligi ma’lum qilindi.

Aytib o’tish joizki shu yilning yanvar oyidan beri mintaqada uyushtirilgan hujumlar oqibatida qariyb 400 kishi jon bergan bo’lib, minglab kishi o’z uy-joylarini tark etishga majbur qolgan.



Aloqador xabarlar