Kun tahlili 37-qism

Iroqda kuch kurashi.

Kun tahlili 37-qism

Kun tahlili 37-qism

Iroqda bundan to’rt oy oldin Parlament saylovi bo’lib o’tdi. Shunga qaramay haligacha hukumat qurilgani yo’q. Iroqdagi siyosiy partiyalarning koalitsiya va yangi hukumat tarkibini tayyorlash say-harakatlari esa haligacha davom etmoqda. Saylovda eng ko’p ovoz olgan Muktadoy as-Sadr tomonidan boshqariluvchi “Sairun” harakati hukumatni tashkil etish uchun muhim qadamlar tashladi. Shu doirada Muktadoy as-Sadr tomonidan boshqariluvchi “Sairun” harakati, amaldagi Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy tomonidan boshqariladigan “Nasr” koalitsiyasi,  Ammar Hakim tomonidan boshqariladigan “Hikmat” va Iyad Allaviy tomonidan boshqariladigan “Vatan” koalitsiyasi ittifoq tuzganliklarini e’lon qildi. Shuningdek ba’zi sunniy partiyalar va kurdlarning yangi avlod harakati ham koalitsiya tarkibiga qo’shildi. Lekin Iroqda yangi hukumat kabinasining tashkil etilishi uchun ikkinchi sessiyasini o’tkazgan majlis, yetarli o’ringa erisholmaganligi uchun sessiyani 15-sentabrga qoldirdi. Sobiq Iroq Bosh vaziri va “Qonun davlati” koalitsiyasi lideri Nuriy al-Malikiy va “Fath” koalitsiyasi yetakchisi Hadi Amiriy ham koalitsiya tashkil etganligini ma’lum qildi. Iroq konstitutsiyasiga ko’ra eng yirik koalitsiya, hukumatni tashkil etishi kerak va mazkur saylov natijasida Muktadoy as-Sadr tomonidan boshqariluvchi “Sairun” haraktining g’alabaga erishish ehtimoli yuqori. 

Iroq konstitutsiyasiga ko’ra yangi hukumatning qurilishi uchun majlisda bo’lib o’tadigan birinchi sessiyada sunniylardan Majlis raisi saylanishi darkor. Mazkur lavozimga davogar sifatida Anbar viloyati gubernatori Muhammad al-Holbusiy, vitse-prezident Osama al-Najafiy, Muhammad Tamim, Rashid al-Azaviy, Ahmad Juburiy va Talal az-Zubayi nomlari oldingi o’rinda zikr etilmoqda. Kurdlarning eng yirik siyosiy partiyalaridan “Kurdiston Demokratik partiyasi” bilan “Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi” esa jarayon davomida mustaqil qo’lishlik yo’lini tanladi va majlisning birinchi sessiyasini boykot qilib, zalni tark etdi.    

Iroqdagi hukumat qurish jarayoni bir necha ichki va tashqi tartibga bog’liqdir. Iroq aholisining turli qatlarmlarining siyosiy, mazhabiy va etnik guruhlarga bo’linganligi ma’lum. Shuningdek Amerika Qo’shma Shtatlari va Eron o’rtasidagi raqobat Iroq siyosatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan sobiq Iroq Bosh vaziri Nuriy al-Malikiy va “Hashdi Shabi” tashkiloti asos solgan “Fath” koalitsiyasi Iroq siyosatida muhim o’rinni egallamoqda. Undan tashqari “Hashdi Shabi” harbiy tashkilot bo’lganligi uchun ham Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan koalitsiyaga siyosiy kuchdan tashqari harbiy kuch ham qo’shmoqda. Eron Livandagi “Hizbulloh” tashkilotiga o’xshash yo’l orqali Iroqdagi ta’sirini kafolatga olish payida.    

Boshqa tomondan Amerika Qo’shma Shtatlari ham Eronni Iroqda cheklashga harakat qilmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarining DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bo’yicha maxsus vakili Brett McGurkning iroqlik siyosiylar bilan bo’lgan tig’iz diplomatik uchrashuvlari Iroqdagi hukumatning qurilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Brett McGurkning Iroqdagi “Kurdiston Demokratik partiyasi” va “Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi” bilan o’tkazgan uchrashuvlari asosida ikkala kurd partiyasining Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan koalitsiya bilan birgalikda faoliyat olib borishdan bosh tortganligi iddio etilmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari Iroqda Muktadoy as-Sadr tomonidan boshqariluvchi “Sairun” harakati, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy tomonidan boshqariladigan “Nasr” koalitsiyasi,  Ammar Hakim tomonidan boshqariladigan “Hikmat” va Iyad Allaviy tomonidan boshqariladigan “Vatan” koalitsiyasini qo’llab-quvvatlamoqda lekin bunga qaramay ayniqsa Muktadoy as-Sadrning Amerika Qo’shma Shtatlari haqidagi salbiy bayonotlari, mazkur munosabatning muammosiz emasligini ko’rsatmoqda.

Iroqdagi hukumat qurish say-harakatlaridagi ikkinchi haqiqat esa Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashidir. Iroqdagi PKK terror tashkilotiga qarshi Iroqning shimolida Qarorlilik harakatini davom ettirgan Turk Qurolli kuchlari PKK terror tashkilotiga qarashli qarorgoh va yo’nalishlarni nazorat ostiga olmoqda. Shu bilan birga Sinjardagi PKK terror tashkilotiga qarshi maxsus amaliyotlar olib borilmoqda. Terror tashkilotining mintaqa qo’mondoni ekanligi iddio etilgan terrorist Milliy razvedka tashkiloti bilan Turk Qurolli kuchlarining mushtarak amaliyoti natijasida Qurolli uchuvchisiz havo vositasi orqali yo’q qilindi.  

Iroqdagi hukumat qurish say-harakatlari Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Chunki Iroq hukumati tashkil etilganida Turkiyaning Iroq bilan bo’lgan diplomatik uchrashuvlari asosida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotlari keng ko’lamli tus olishi mumkin. Bu borada ayniqsa Turkiya Iroq hukumatiga PKK terror tashkilotining moddiy manbaalari va Sinjardagi o’rniga qarshi kurash olib borishini taklif qilishi ko’zda tutilmoqda.

   

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.



Aloqador xabarlar