Turkiya tashqi siyosatiga nazar 37-qism

Global kuch kurashi va Idlib.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 37-qism

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 37-qism

Ko’pchilik tahlilchilarning fikriga ko’ra yaqinda Idlibda to’qnashuv boshlashi mumkin. Mintaqadagi harbiy joylashuvni kuzatganlar, “amaliyot judayam yaqinda boshlaydi” degan fikrda. Shunday ekan keling dasturimizning bugungi sonida global kuch kurashi ustidan Idlib masalasini qo’lga olaylık.

Turkiyaning Chankiri viloyatida joylashgan Karatekin nomidagi universitetning Xalqaro aloqalar bo’limi o’qituvchisi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Muqaddas Rim imperatorligining tahminan 1000 yillik hukmronligidan keyin oxirgi damlarini kechirayotgan paytlarda Volterning hazil ifodasi bilan aytganda muqaddasligi ham, rimlik ekanligi ham, imperatorligi ham qolmagan edi. Huddi shunga o’xshab qariyb 2.5 asrdan keyin bugungi kundagi liberal dunyo tartibi oxirgi damlarida Volterning ifodalaridan ilhomlanib aytganda liberalligini ham, tartibini ham qo’ldan boy bergan bo’ladi. Chunki bugungi kunda dunyo haqida gap ketar ekan uni bir butundek qo’lga olish borgan sayin murakkablashib bormoqda. Global doira tuzish say harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchrayapdi. O’sish oldida proteksionizm mavjud; global savdo muzokaralarining oxirgi bosqichi hech qanday natija bermadi. Kiber maydondan foydalanish qoidalari yetarli emas. Mintaqaviy tartib yoki tartibsizliklarning paydo bo’lishiga guvohlik qilyapmiz. Buning eng yaqqol namunasi sifatida bugungi kundagi Yaqin Sharq va Suriyadagi vaziyatni aytishimiz mumkin.    

Bugungi kundagi dunyo 1939-1991 yillardagi ideologik kutblashish dunyosiga o’xshamaydi. Ko’proq boshqa global urushdan (Birinchi Jahon urushining) oldingi on yillarga o’xshaydi. Endilikda global va mintaqaviy kuchlarning ko’tarilgan yoki qulagan bir paytida milliy kuch kurash (lar) iga guvoh bo’lmoqdamiz. Hukmron imperialist kuch hisoblangan AQSh, o’z kuchini saqlab qolish uchun uzluksiz nimalardir qilish payida. O’z o’rnini ijobiy va kuchli jihatga o’zgartirgan Xitoy va Turkiya kabi mamlakatlar AQShning nomutanosib kuch ishlatib, boylik tarqatishidan bezovta. Rossiya federatsiyasi va Yevropa ittifoqi kabi ko’p millatli tuzimlar, eski kunlarini qumsayapdi. G’arb davlatlari Sovet ittifoqining qaytishidan, Rossiya esa G’arb tomonidan qo’llab-quvvatlangan yangi rejimlardan cho’chimoqda. Umumiy olib qaraganda hammaning qo'rquvlari (ularning ifodasi bilan aytganda) - radikal islom.

Dunyoning umumiy vaziyatiga qaraganda dunyo, 1945-1989 yillar orasida bo’lganidek yirik ideologik kurash eshigida emas. O’rtada yangi temir parda yo’q desak mubolag’a bo’lmaydi. Hukmron dunyo bilan birga (AQSh hukmronligining zaiflashini xohlagan lekin buni amalga oshirish uchun yetarli kuchga ega bo’lmagan) rivojlangan va ortda qolgan kuchlar mavjud. Bu vaziyat, mavzu haqida faoliyat olib borgan mutaxassislar tomonidan turlicha baholanmoqda. Shu doirada ba’zi mutaxassislar bu vaziyatni Sovuq urush yillariga o’xshatadi lekin bu noto’g’ri. Chunki bu davr ko’proq 19-asrning ikkinchi yarmiga o’xshaydi. O’sha paytlar yangi paydo bo’lgan yirik kuchlarning bir-biri bilan raqobat qilgan chog’i edi. Davlatlararo munosabatlar ideologiya asosida emas, milliy manfaatlarga tayangan edi.    

Mavjud global tuzimda hukmron kuch bor lekin u hozirda o’z milliy manfaatlarini himoya qilish niyatidagi boshqa kuchlarga qarshi o’zini isbotlash bilan ovora. Dunyo 21-asrni 20-asrning ko’z o’ynagidan tushunib yetishga harakat qilish orqali, olg’a qarab ilgarilay olmayapdi. Lekin shuni bemalol aytish mumkinki, dunyo Sovuq urush yoqasida emas.

Bugungi kunda Suriya mintaqaviy, hatto global seysmik liniyalarga shikast yetkazishi mumkin. Suriyada deyarli har on, quriqlikda yoki havoda, bilib yoki bilmay, nazorat qilinishi imkonsiz to’qnashuvning piligi tutalishi mumkin. Ko’pchilik tahlilchilarning aytishicha Idlibda to’qnashuvning boshlanib ketishiga sanoqli kunlar qolgan. Mintaqadagi harbiy joylashuvni kuzatganlar, “amaliyot judayam yaqinda boshlaydi” degan fikrda. Rejim kuchlari tomonidan, ularni qo’llab-quvatlagan kuchlar bilan birga Idlibning atrofidagi uch nuqtaga joylashtirilgan harbiy va xalq kuchlari soni deyarli Halab amaliyotidagi kuchlar soniga yetdi.  

Idlib Suriyadagi ichki urush muammosini hal qiluvchi mintaqa emas, muammo hal qilinganidan keyingi tartibning yo’lga qo’yilishi borasida burilish nuqtasi hisoblanadi. Shuning uchun ham amaliyotning qachon boshlashini belgilovchi Rossiya bilan Turkiya o’rtasida Idlibdagi vaziyat va kelajagi uchun qanday masalalarda kelishib olinishi muhimdir. Chunki ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar qanchalik strategik sarlavhalarni o’z ichiga qamrab olsa da ayniqsa, Suriyada oxirgi ikki yildan beri ikki mamlakat hamkorligi muhim muvozanat omiliga aylansa-da hali hanuz Idlib masalasida tomonlar o’rtasida hamfikrlik yo’q.

Turkiya yaqinda Idlibda yuz berish ehtimoli bo’lgan to’qnashuvga aslida ikki nuqtadan qaramoqda. Ulardan biri amaliyot natijasida Turkiyada qisqa muddatli xavfsizlik xavfi paydo bo’lishi mumkin; ikkinchisi esa Turkiyaga xavf tug’dirmaydigan lekin Suriyada uzoq davom etadigan tartibsizlik. Amaliyot, Turkiyada qisqa muddatli qanday xavf tug’dirishi mumkin degan savolga esa yuz mingdan ortiq Suriya fuqarosining to’qnashuvdan qochib Turkiya chegarasiga yonashishi deb javob bergan bo’lardik.

Uzoq davom etidigan xavf esa Suriyada paydo bo’ladigan yangi tartibning Turkiyaning milliy xavfsizligini tahdid etishidir. Suriyadagi ichki urushning oqibati nima bo’lishidan qat’iy nazar natijada u yerdan xavf tashkil etadigan tartibning yo’lga qo’yilmasligi uchun Turkiya harbiy tarmoqda bo’lganidek siyosiy va diplomatik tarmoqda ham o’z say-harakatlarini davom ettirmoqda. Suriyaning, ayniqsa shimoliy-sharqida PKK/ YPG terror tashkiloti nazoratidagi bir mintaqaning paydo bo’lishi Turkiya uchun bir umrlik xavf tashkil etadi. Shuning uchun ham Idlibning kelajagi muhimdir.   

Oxirgi vaqtlarda Suriyada hamma Idlibga ko’z tikar ekan AQSh jimjirtgina PYD/ PKK terror tashkiloti uchun xavfsiz hudud tashkil etish jarayonini boshlatib yubordi. DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borish doirasida yordam berish ishlarining davom etilganligi iddio qilinsa-da AQShning, Saudiya Arabistoni bosh bo’lish bilan birga ittifoqdoshlari olib borgan harbiy va iqtisodiy faoliyatlar, butun e’tiborlar Idlibda ekan Suriyaning shimoliy-sharqida eng avvalo haqiqatdan ham “uchish man etilgan zona”, ortidan esa umumiy olib qaraganda AQShning nazorati ositda bir hudud tashkil etish say-harakati ortgandek. Shuning uchun ham Idlib amaliyoti chog’ida Suriyaning shimoliy-sharqi unitilmasligi darkor.           

Turkiyaning Chankiri viloyatida joylashgan Karatekin nomidagi universitetning Xalqaro aloqalar bo’limi o’qituvchisi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: Idlib , Suriya , Turkiya

Aloqador xabarlar