Pokistondagi ko'mir konida portlash yuz berdi

Pokistondagi ko'mir konida yuz bergan portlash 6 kishining umriga zomin bo'ldi.

Pokistondagi ko'mir konida portlash yuz berdi

Pokistonning shimoliy-g’arbida joylashgan Kohat shahridagi ko’mir konida yuz bergan baxtsiz hodisada 6 nafar ishchi jon berdi.  

Shahar hokimi o’rinbosari Halid Ilyos, ko’mir konida gazning otilib chiqishi natijasida portlash yuz berganligini qayd etdi.

Portlash chog’ida ko’mir konida 11 ishchining borligini eslatgan hokim o’rinbosari, qidiruv va qutqaruv xodimlarining 6 kishining jasadini olib chiqqanligini ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar kasalxonaga yotqizilar ekan ko’ch ostida qolgan konchilarni topish uchun kerakli faoliyatlar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar