Turkiya, Rossiya va Tehron, Suriya mavzuli sammitda...

Turkiya, Rossiya va Tehron, Suriya tarangligini diplomatik yo'llar orqali yechish uchun to'plandi.

Turkiya, Rossiya va Tehron, Suriya mavzuli sammitda...

Turkiya, Rossiya va Tehron, Suriya tarangligini diplomatik yo'llar orqali yechish uchun to'plandi.

Eronning poytaxti Tehronda; Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoni tomonidan o'tkazilgan sammit natijasida, mushtarak natija bildiruvi chop etildi.

12 moddadan tashkil topgan natija bildiruvi quyidagicha:

1. Ostona shartnomasining 2017- yili Yanvar oyidan beri qo'lga kiritgan muvaffaqiyati, asosan Suriyada urushni kamayitirish, o'lkada tinchlik va xavfszlikka qo'shgan hissalari tufayli mamnuniyat bildirdi.

2. Suriya suvireniteti, mustaqilligi, birligi va tuproq yaxlitligi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartiga bog'lilikka diqqat qaratilib buni hammaning hurmat qilishiga to'xtaldi. Kim bo'lishidan qat'iy nazar, hech qaysi bir tashabbusning bu o'lkaga zarar bermasligi qayd etildi. Terrorga qarshi kurash nomi ostida yangi tashkilotlanishni rad etish, Suriyaning suvireniteti va tuproq yaxlitligi bilan qo'shnu davlatlarning milliy xavfsizligiga putur yetkazishni maqsad qilganlarga qarshi chiqish qat'iyligi ifoda etilgandir.

3. Hududdagi dolzarb vaziyat muhokama qilingan. 2018- yili 4- Aprel kuni Anqarada bo'lib o'tgan yig'ilishdan keyin Suriyadagi o'zgarishlar muhokama qilinmagan va oralaridagi kelishuvga ko'ra uch tomonli hamkorlikni davom ettrishda hamfikr bo'lganlar. Bu doirada, Idlib inqirozini bartaraf qilish muhokama qilingan va bu mavzuni yuqorida aytib o'tgan Ostona shartnomasiga ko'ra muhokama qilishga qaror berilgan.

4. BMT xavfsizlik kengashi tomonidan terrorist sifatida tarif etilgan Deash, Nusra Jahasi bilan Al Qoida bilan bog'li boshqa guruhlar va tashabbuslarni bartaraf etish maqsadida o'zaro hamkorlik tasdiqlangandir. Terrorga qarshi kurash, yuqorida aytilgan terrorist guruhlarning sulh tizimiga yoki qurolli muxoliflar guruhidan chiqishining tinch aholining qurbon bo'lishini oldini olish nuqtai nazaridan ham muhim bo'lgani bildirildi.

5. Suriyada harbiy aralashuv bo'lmasligi va kelishmovsizlikning faqat muzokara orqali yechim topishini bildirganlar. Suriya jarayonining Sochida tartiblangan Suriya Milliy Dialog Kongresining qarori va BMT xavfsizlik kengashining 2254 sonli qaroriga mos davom etishi uchun o'zaro faol hamkorlikni davom ettirishga qaror berilganlar.

6. Suriyaliklar boshchiligida va mezbonligiga yechim topishni mo'ljallagan harakatlarni davom ettirishi takror tilga olingan va Konstitutsiya Qo'mitasining vujudga kelishi bilan faoliyatlarning boshlanishiga diqqat qaratilgan. Davlat ma'murlari bilan BMT  xavfsizlik kengashining Suriya maxsu vakili o'rtasida ijobiy dialogdan mamnun ekanliklari bildirildi.

7.Suriya xalqining barqarorlikka yetishiga va dardini kamaytirish uchun dastaklashga diqqat qaratilgandir. Bu bilan birga, gumanitar yordam, minani tozalash, ijtimoi va iqtisodiy muassasalar ham bo'lib infratuzilma unsurlarini tiklash va tarixiy me'rosni muhofaza etish maqsadida Suriyaga berilgan yordamlarni orttirish uchun BMT va insoniy yordam angetligi ham bo'lib xalqaro jamaotchilikka chaqiriq berildi.

8. Eh'tiyoji bo'lgan Suriyaliklarga, xavfsiz va uzluksiz yordam yetkazish yo'li ochish, tinch aholini qo'riqlash va insoniy vaziyanti tiklashni mo'ljallagan mushtarak g'ayratlarni davom ettirish qat'iyligini takror bildirgandir.

9. Emigrantlar va uyidan chiqarilgan insonlarning Suriyadagi asl uylariga xavfsiz va ko'ngilli qaytishi uchun zaruriy shartlarni yaratib berishga diqqat qaratilgandir. Bu doirada, BMT Emigrantlar Oliy Komissiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar ham bo'lib, ta'luqli tomonlar o'rtasida hamkorlikkka diqqat qaratilgandir.

10. BMT va Xalqaro Qizilhoj Qo'mitasi mutaxassislarining ishtirogida olib borilgan, garovga olinganlarni ozod qilish, janozalarni topshirish va yo'qolganlarni topish faoliyatlari Faliyat Guruhidan mamnun ekani bildirildi.

11. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, keyingi yig'ilishning Rossiyada o'tkazilishiga qaror berildi.

12. Rossiya va Turkiya prezidentlari, Tehronda uch tomonli sammitga mezbonlik qilgani tufayli Eron prezidenti janob Hasan Ruhoniga minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: bo'lib o'tdi , uch tomonli sammit , Tehronda

Aloqador xabarlar