• Video galereya

Prezident Erdo'g'an Eronda sammitdan keyin maruza bildirdi...

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, Suriyaning Idlib shahrida hujum uyushtirilsa falokatga, qaliomga, insonlik tragediyasiga olib kelishi mavzusida ogohlantirdi

Prezident Erdo'g'an Eronda sammitdan keyin maruza bildirdi...

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, Suriyaning Idlib shahrida hujum uyushtirilsa falokatga, qaliomga, insonlik tragediyasiga olib kelishi mavzusida ogohlantirdi.

Eronning poytaxti Tehronda Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoni ishtirogida sammit bo'lib o'tdi.

Sammitda, Prezident Erdo'g'an "Idlibda sulh tuzish"ni talab qildi.

Sammit natijalarini dunyoning maroq bilan kutganini ifoda etgan Erdo'g'an, ijobiy qarorlar berilishiga ishonganini izohladi. 

Daslab taranglikni bartaraf qilish hududidan faqat Idlibning qolganini ifoda etgan Erdo'g'an, "Bu yerdagi, muxoliflar maydonga kelgan o'zgarishlar tufayli aldatilganini tushunmoqda. Turkiya davlati sifatida shahidlarimiz bo'lgan bu kurashda hozir nozuk nuqtaga kelganimni ko'rayamiz" deb so'zladi.

Erdo'g'an, "Ostona shartnomasiga ko'ra mushtarak irodamiz bo'lishi kerak. Bu irodamiz esa Suriyada siyosiy barqarorlik o'rnatish, tuproq yaxlitligini muhofaza etish va kelishmovsizliklarni tinchliksevar yo'llar bilan hal etishdir" dedi.

Idlibda qon to'kishini qat'iyan istamaganliklarini va buni do'st davlatlarning ham dastaklashini kutganliklarini qayd etgan Erdo'g'an, "Idlibda ma'qul bir yechim topib, Ostona ruhiga ko'ra harakat qilishni mo'ljallaymiz. Turkiyaning bu mavzusidagi tushunchasini to'g'ri tushunishingizni so'raymiz. Bizlar Idlibga yo'nalar ekanmiz Firot Daryosining sharqida istamagan hodislar ro'y bermoqda. AQShning hududda bir terror tashkilotini qo'llab-quvatlashidan bezovdamiz" deb so'zladi.

"Bu hududning va o'lkamiz ta'minlagan xavfsizlikning, o'z xalqini qatl etgan Bashar Esad rejimining insofiga tashlab qo'yilmaydi" degan Erdo'g'an, Turkiyaning asosan Suriyada siyosiy, geografik va ijtimoi butunlik ta'minlaguncha hududda bor bo'lishga davom etishini bildirdi.

Erdo'g'an, "Bo'lg'inchi terror tashkiloti PKK/PYD/YPG Suriyada har turli terror faoliyatlarini va Suriyaning tuproq yaxlitligini nishonga olgan har turli tashabbusga qarshi birga bo'lishimiz kerak" deb so'zladi.

Idlibda zudlik bilan sulh ta'minlash kerakligiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Idlibdagi bombardimonlardan keyin sulh tuzish vaqti keldi. Hozirgi kunda Idlib xalqi qo'rquv ichida ko'chishga boshladi. Bunlar bizning chegaramizga tomon harakat qilmoqda. Bu yerda tinchlik o'rnatish  muhim" deb ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar