Antonio Guteress, yadro qurollarini taqiqlash shartnomasining kuchga kirishini istadi

BMT Bosh kotibi Antonio Guteress, yadro qurollarini keng ko'lamli taqiqlash shartnomasining (CTBT) kuchga kirishini istadi.

Antonio Guteress, yadro qurollarini taqiqlash shartnomasining kuchga kirishini istadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guteress, yadro qurollarini keng ko'lamli taqiqlash shartnomasining (CTBT) kuchga kirishini istadi.

Guteress, BMT umumiy kengashida uyushtirilgan "Yadro qurollarini sinovdan o'tkazishga qarshi kurash xalqaro kun tartibi" mavzuli yig'ilishida so'zga chiqdi.

Yadro qurollarini sinovdan o'tkazish va taqiqlash o'rtasida zidlik bo'lganini ifoda etgan Guterres, "Yadro sinovlari gavjum bo'lgan davrlarda hayotini yuqotganlarni yodga olamiz" dedi.

Yadro muassasalarining atrof-muhit, inson salomatligi, oziq ovqat vaxfsizligi va iqtisodiy rivojlanishga katta ta'sir ko'rsatganini ifoda etgan Gutteres, yadro qurollariga qarshi qattiq chora tadbir olish kerakligiga diqqat qaratdi.

Guteress, "Olingan chora tadbirlarning keng ko'lamli taqiqlash sharnomasining tezda kuchga kirishi uchun g'ayrat qilish kerak. 20 yildan beri muhokama qilinishiga qaramasdan shartnoma hanuz kuchga kirmadi" deb mulohaza bildirdi.
 



Aloqador xabarlar