Tolibon Afg'onistonning Faryob viloyatidagi harbiy lagerga hujum qildi

209-Qo'shin qo'mondonligi vakili Hanif Rezai ma'lum qilishicha, hujumda 20 askar halok bo'lgan. Qolgan askarlar asirga tushgan. Bular orasida yaradorlar bor.

1031833
Tolibon Afg'onistonning Faryob viloyatidagi harbiy lagerga hujum qildi

Tolibon jangarilari Afg'oniston shimolidagi Faryob viloyatiga qarashli Go'rmach tumanidagi harbiy lagerga hujum qildi.

209-Qo'shin qo'mondonligi vakili Hanif Rezai ma'lum qilishicha, harbiy lagerda 70 askar bo'lgan. Ulardan 20 nafari jangarilar hujumida halok bo'lgan. Qolgan askarlar asirga tushgan. Bular orasida yaradorlar bor.

Xozirda harbiy lager hududida nazorat ta'minlangan.

Tolibonning iddaosiga ko'ra, harbiy lagerda askarlar soni juda ko'p. Hujumda 43 askar o'ldirilgan, 17 nafari yaralangan va 57 askar asirga olingan.

Eslatma: Kecha mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Tahar viloyatining Tojikiston chegarasidagi Oy Honim chegara postiga sodir etilgan hujumda 12 nafar politsiya xodimi halok bo'lgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston , #Faryob , #hujum , #harbiy lager

Aloqador xabarlar