Afg'oniston hukumati, havo maydonlarini o'z nazoratiga oldi

Afg'oniston hukumati, 26 yildan keyin havo maydonlarini o'z nazoratiga oldi.

Afg'oniston hukumati, havo maydonlarini o'z nazoratiga oldi

Afg'oniston hukumati, 26 yildan keyin havo maydonlarini o'z nazoratiga oldi.

Prezidentlik voizi Shoh Husayin Murtazovi, tahminan 26 yildir havo maydonlari nazoratining xorijliklar qo'lida bo'lganini bildirdi.

Qobul xalqaro aeraportida yangi radar tizimi o'rnatilishi natijasida havo maydonlari nazoratining butunlay Afg'on hukumatiga o'tganiga diqqat qaratgan Murtazoyevi, ushbu tizim orqali Afg'onistonning o'z havo maydonlarini nazorat qilishini izohladi.

Afg'oniston noharbiy Havochilik Idorasi rahbari Mahmud Shoh Habibi, bundan keyin Afg'oniston havo maydonlarining yana ham xavfsiz bo'lishini qayd etdi.

Yangi radar tizmining 30 million dollar bo'lganini ifoda etgan Habibi, radarni sozlash va nazorat etish uchun har yil 10 million dollar sarf etilishi kerakligini bildirdi.

Sovetlar davrida qurilgan Qobul aeraportidagi eski radar tizimi, 1990 yilgi ichki nizoh davrida zarar ko'rgan edi.

2001-yili Tolibon rejimi yiqilgandan keyin o'lkaning havo maydonlari xorijliklar nazoratiga o'tgan va 2014 yil Afg'on organlariga topshirilgandan keyin xususiy shirkatlarga berilgan edi.



Aloqador xabarlar