Iroq AQShning Eronga nisbatan bergan sanksiyalarini rad etdi

“Iroq har qanday bir davlatga tadbir etilgan va xalqiga har tomonlama zarar bergan sanksiyalarni rad etamiz. Qiyin kunimizda bizga madadkor bo’lgan Eronning yordamlarini aslo unutmaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Iroq AQShning Eronga nisbatan bergan sanksiyalarini rad etdi

Iroq AQShning Eronga nisbatan bergan sanksiyalarini rad etdi.

Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligi vakili Ahmad Mahjub yozma bayonot berdi.

“Iroq har qanday bir davlatga tadbir etilgan va xalqiga har tomonlama zarar bergan sanksiyalarni rad etamiz. Qiyin kunimizda bizga madadkor bo’lgan Eronning yordamlarini aslo unutmaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, biron mamlakatga berilgan zarar butun mintaqaning xavfsizlik va barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

“Eron Islom Respublikasining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Iroqqa ko’rsatgan yordamlarini taqdirlaymiz. Xalqaro hamjamiyatni AQShni sanksiya qaroridan voz kechirishga chaqiramiz. Qo’shni davlat bo’lgani uchun ushbu sanksiyalar nafaqat Iroqqa balki, butun mintaqaga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan salbiy ta’sir ko’rsatadi”,-deyiladi bayonotda.

Shiya yetakchi Mukteda as-Sadr: “AQSh sanksiya qaroridan voz kechmasa, biz xalqlarga zarar berishiga jim qarab tura olmaymiz”,-dedi.

Eslatma: Iroq prezidenti Fuad Masum AQShning Eronga bergan sanksiyalariga amal qilish qiyin ekanligini ma’lum qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: sanksiya , AQSh , Eron , Iroq

Aloqador xabarlar