Kun tahlili 31-qism

Dasturimizning bugungi sonida AQSh Prezidenti Donald Trump va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Xelsinkidagi uchrashuvi haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 31-qism

Kun tahlili 31-qism

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Xelsinkida o’tkazgan uchrashuvi, bir necha jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabat oxirgi kunlarda ancha sovub ketgan edi. Putin bilan Trump o’tkazgan uchrashuvning kun tartibida yadroviy qurol dasturi, Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi, energiya siyosati, Suriya va Xitoy masalalari o’rin oldi.

Tarixda Sovet ittifoqi bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi sovuqlik avj olgan vaqtda ikkala mamlakatning muzokara o’tkazishi uchun Finlandiya neytral zona deb tanlangan edi. Trump va Putin bu an’anaga amal qilgan holda uchrashuvlarini Finlandiyada o’tkazdi. Finlandiyaning mezbonligida bo’lib o’tgan uchrashuv nafaqat ikkala mamlakat munosabatlari balki dunyo uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Ommaviy axborot vositasi tomonidan kuzatilgan uchrashuvlar ortidan ikkala mamlakat liderlari matbuotga bayonot berdi. Trumpning bayonot berish chog’idagi xatti-harakati AQSh ommaviy axborot vositasi va muhim amerikalik siyosatchilar tomonidan ancha tanqid qilindi. AQSh Prezidenti Donald Trumpga Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralashuvi haqida berilgan savolga Trumpning, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning yonida Amerika tashkilotlarini tanqid qilib, ko’proq Rossiyaning ifodalariga ishonganligi haqidagi muomalasi katta e’tirozga yo’l ochdi. Donald Trump ortidan Xelsinkidagi yig’ilishda “wouldn’t” o’rniga adashib “would” deganligini va bu orqali noto’g’ri bayonot berganligini eslatgan holda, o’z bayonotini tuzatdi.

Amerikaliklarning ko’pchiligi Trump va Putinning uchrashuvini maqullamasligiga qaramay AQSh bilan Rossiya xalqaro geosiyosat ustidan muhim masalalarni qo’lga oldi. Xitoy ustidan amalga oshirgan muzokaralar ular orasidan eng asosiy mavzular edi desak mubolag’a bo’lmaydi.  

AQShning Xitoy tovarlariga nisbatan iqtisodiy urush olib borayotgandek sanksiya kiritish haqidagi qarori AQSh va Xitoy o’rtasida sovuqlik yaratgan edi. Xelsinkidagi uchrashuvda AQSh va Rossiya o’rtasida Xitoyga qarshi sheriklik tashkil etish niyati o’lchab ko’rildi. Lekin Rossiya va AQSh Xitoyga qarshi hamkorlik qilishdan ancha uzoq ekanligini aytishimiz mumkin.

Xelsinkida kun tartibiga olib chiqilgan ikkinchi masala esa Suriya edi. AQSh va Rossiya shu doirada eng ko’p Janubiy Suriyadagi vaziyatni muhokama qilib, Isroilning xavfsizligi va Eronning Janubiy Suriyadagi o’rnini qo’lga oldilar. Vladimir Putin Isroil va Suriya rejimi o’rtasida 1974-yilgi shartnoma asosida kelishib olinishining mumkinligini qayd etdi.

AQSh Prezidenti Donald Trump esa Amerika Qo’shma Shtatlarining Eronning Suriyadagi mavjudiyatini qabul qilmasligini ta’kidladi lekin Eronga qarshi Suriyada qanday faoliyat olib borishi masalasiga aslo to’xtalmadi.

Ikkala mamlakat liderlari o’rtasida bo’lib o’tgan yig’ilish NATO sammitidan keyin o’tkazildi. NATO yig’ilishida Germaniyaning Rossiyaga “Shimoliy oqim 2” loyihasi orqali energiya siyosatlari jihatidan  bog’liq ekanligini tanqid qilgan Donald Trump, Xelsinkidagi bayonotida, bu qarorning Germaniyaga oid ekanligini ifoda etdi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa xalq oldida AQShga, xalqaro bozordagi tabiiy gaz narxlarini birgalikda belgilab olishni takror taklif qildi. Chunki Rossiya iqtisodiyoti tabiiy gaz eksportiga bog’liq bo’lgani uchun xalqaro bozordagi energiya narxlari to’g’ridan-to’g’ri Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir qiladi.  

Xelsinkida qo’lga olingan kun tartibi masalalaridan yana biri esa yadroviy qurol masalasi edi. AQSh va Rossiya dunyodagi barcha yadroviy qurollarning 90 foiziga egadir. Ikkala mamlakat liderining mazkur uchrashuvlarida dunyodagi yadroviy qurolni kamaytirish uchun AQSh va Rossiya o’rtasidagi shartnomaning davom ettirilishi uchun qaror qabul qilindi.

Xelsinki yig’ilishi Rossiya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi sovuqulikni butunlay bartaraf qilmasa ham ikki mamlakat liderining neytral zonada uchrashuv o’tkazishi va bir necha masala ustida fikr almashishi ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning sal bo’lsa ham qayta tiklanishiga yo’l ochdi.  

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: Xelsinki , Vladimir Putin , Donald Trump

Aloqador xabarlar