Kun tahlili 30-qism

Dasturimizning bugungi sonida Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining sud jarayoni va Yevropada avj olgan irqchilik-islomofobiya haqida so’z qilamiz.

1020492
Kun tahlili 30-qism

Milliy-sotsialistik xufiya (NSU) terror tashkilotining sud jarayoni 5 yil ortidan o’z nihoyasiga yetishiga qaramay masala ustidagi shubha va noaniqliklar davom etmoqda. Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotidan saboq olishini iddio etgan Germaniya hukumati va xalqi orasida esa borgan sayin irqchilik va islomofobiya tarqab bormoqda.

Germaniyada 8 nafari turk millatiga mansub jami 10 kishini o’ldirish, bankni to’nash va bombali hujumga qo’l urishlikda ayblangan Milliy-sotsialistik xufiya (NSU) terror tashkilotining sud jarayoni o’z nihoyasiga yetay deb qoldi. Myunxen sudida 5 yildan ortiq vaqtdan beri davom etgan sud jarayonida aybdor Beate Zschaepe bilan birga tashkilotga yordam bergan yana 4 aybdor sudga tortildi. Buning natijasida Beate Zschaepe umrbod qamoq jazosiga hukm qilinar ekan tashkilotning qolgan 4 aybdor a’zosi esa 2.5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.   

Prokuratura va Germaniya xavfsizlik bo'linmalari Milliy-sotsialistik xufiya (NSU) terror tashkilotining 3 kishidan iborat ekanligini qayd etmoqda. Beate Zschaepe bilan birga tashkilot a’zolaridan Uwe Bohnhard va Uwe Mundlosning 2011-yilning 4-noyabri kuni bankni to’nashi ortidan karavanda o’lik holatda topilishi va o’z joniga qasd etganligining ilgari surilishi bir necha shubhaga yo’l ochgan edi.

Undan tashqari Milliy-sotsialistik xufiya (NSU) terror tashkiloti qo’l urgan jinoyatning eng asosiy aybdori Beate Zschaepe tomonidan tashkilot a’zolari tomonidan oxirgi marotaba foydalanilgan hujra uyining yoqib yuborilishi, ortidan Beate Zschaepening politsiyaga taslim bo’lishi va Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining Konstitutsiyani himoya qilish tashkiloti bilan aloqador bo’lishi, sud jarayonining ba’zi yashirin tomonlarining borligi haqidagi shubhalarni yana-da orttirdi. Ayniqsa Germaniyaning ichki razvedka bo’limi hisoblangan Konstitutsiyani himoya qilish tashkilotining Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkiloti bilan bog’liq 130 fayl hujjatni yo’q qilishi, Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining ortidagi haqiqatning hammasining hech qachon o’rtaga chiqmasligini kafolatga olgan bo’ldi. Chunki tegishli advokatlar Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining 3 kishidangina iborat ekanligiga ishonmayapdi. 

Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining sud jarayoni o’z nihoyasiga yetishiga qaramay xalfsizlik bo’limining ayniqsa, Konstitutsiyani Himoya qilish tashkilotining aslida Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkiloti haqida nimalarni bilishi kabi muhim savollarning javobi topilgani yo’q.

Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan jinoyatlarning arqasida Germaniyaning xavfsizlik bo’limlari eng avvalo qurbonning oilasidan shubhalanib, irqchi jinoyat bo’lishi mumkinligini rad etgan edi. Germaniya ommaviy axborot vositasi esa Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining o’rtaga chiqishidan oldin qo’l urilgan jinoyatlarni “ketam-ket qotillik” deb baholagan edi. Germaniya Xavfsizlik bo’limlarining barcha razvedka ma’lumotlarini ko’rmaslikka olishi va jinoyatlarning ortida irqchi terror tashkilotining bo’lishi mumkinligi haqidagi ehtimollarni rad etishi yuzasidan, Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkiloti uzoq yillargacha bemalol jinoyatga qo’l urib, jami 10 kishi umriga zomin bo’la oldilar.

Milliy-sotsialistik xufiya terror tashkilotining sud jarayoning o’z nihoyasiga yetishi bilan birga Germaniyadagi irqchilik va islomofobiyaning ortishining eng yirik ko’rsatkichi o’ta o’ng qanot bo’lgan Germaniya uchun muqobil partiyasi esa xalqning tekshiruviga ko’ra Germaniya siyosatida eng qko’p qo’llab-quvvatlangan ikinchi yirik partiya bo’lishga erishdi. Bu orqali irqchilik va islomafobiyaning Germaniya siyosati va xalqi orasida o’z o’rnini olganligini aytish mumkin. Uzoq yillardan beri borligini davom ettirgan ksenofobi va islomofobiya bundan buyon Germaniya uchun muqobil partiyasi bilan til topisha boshladi.

Lekin faqatgina Germaniya uchun muqobil partiyasining ko’tarilishi emas, ayni vaqtda hukumat sherigi hisoblangan Xristian sotsialistlarning ham Germaniya uchun muqobil partiyasiga o’xshash munosabatda ksenofobi va islomofobiyani avj oldirgan so’zlar tilga olib, qandaydir faoliyatlar amalga oshirishi, Germaniyaning o’zgarganligini ko’rsatmoqda. Ikkinchi Jahon urushidan beri nemis xalqida birinchi marotaba irqchilik va ma’lum bir dinga qarshi dushmanlik bu darajada avj oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Germaniya xalqining o’zgarganligini ko’rsatgan ikkinchi xusus esa Germaniyaning Milliy futbol terma jamoasidir. Bundan 4 yil muqaddam 2014-yili jahon chempioni bo’lgan Germaniyaning Milliy futbol terma jamoasi uzoq yillardan beri integratsiya va ko’p madaniyatli hayot sharoitining muvaffaqiyati sifatida qo’lga olinayotgan edi. Mesud O’zil, Ilkay Gundo’g’an, Sami Khedira, Lukas Podolski, Jerome Boateng kabi bir necha migratsiya tarixi bor futbolistlar Germaniyaning Milliy Futbol terma jamoasi uchun ter to’kmoqda. Lekin bugungi kunda Germaniyaning Milliy Futbol terma jamoasi ham irqchilikdan o’z nasibini oldi.  Bu boradagi eng katta muzokara esa Germaniya uchun muqobil partiyasi raisi Alexander Gaulandning “xalq Boateng bilan qo’shni bo’lishni xohlamaydi” degan bayonoti bilan boshlagan edi. Ikkinchi muzokara esa Mesud O’zil bilan Ilkay Gundo’g’anning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Angliyada suratga tushishi ortidan boshladi. Chunki Germaniya Milliy futbol terma jamoasining Rossiyada davom etgan Jahon kubogida mag’lubiyatga uchrashining sababchisi sifatida Mesud O’zilning Prezident Erdo'g’an bilan tushgan surati ko’rsatilgan edi.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 



Aloqador xabarlar