Janubiy Koreyada deputat Ro Ho-Chan o’z joniga qasd qildi

Iddaolarga ko’ra, u “Druking” tahallusi bilan tanilgan bloggerning kotibidan taxminan 44 ming dollar pora olgan.

1017581
Janubiy Koreyada deputat Ro Ho-Chan o’z joniga qasd qildi

Janubiy Koreyada rostgo’y va islohotparvar yetakchiligi bilan tanilgan deputat Ro Ho-Chan o’z joniga qasd qildi.

U muxolifatdagi Adolat partiyasidan deputat edi.

Ro Ho-Chan poytaxt Seuldagi binoning 17-qavatidan o’zini pastga tashlab yuborgan.

Iddaolarga ko’ra, u “Druking” tahallusi bilan tanilgan bloggerning kotibidan taxminan 44 ming dollar pora olgan.

Deputat o’limidan oldin yozib qoldirgan yozuvda, pora olganligini tan olar ekan, pulni noqonuniy siyosiy faoliyatlar uchun sarf qilmaganligini ma’lum qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #deputat , #pora , #Ro Ho-Chan

Aloqador xabarlar