Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashdi

Uchrashuv imkoniyati va dolzarb masalalarni muhokama qilish fursatini berganligi uchun Putinga minnatdorlik bildirgan Netanyahu: “O’rtamizdagi hamkorlik butun mintaqaga barqarorlik olib keluvchi eng muhim omildir”,-dedi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashdi.

Kreml saroyidan ma’lum qilinishicha, Putin Moskvada Netanyahu bilan uchrashuvi oldidan bayonot berdi.

U bayonotida Rossiya va Isroil o’rtasidagi o’zaro munosabatlar oxirgi paytlarda yanada rivojlanganligini bildirdi.

“Umuman olib qaralganda o’zaro munosabatlarimiz ijobiy davom etmoqda. Bu ayni paytda siyosiy aloqalarimiz uchun ham taalluqlidir. Harbiy hamkorligimiz ham juda yaxshi”,-dedi Vladimir Putin.

Netanyahu ham Rossiyaga amalga oshirgan har bir ziyoratni va Putin bilan bo’lgan har bir uchrashuvini nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda ishonch va xavfsizlikni ta’minlash uchun hamkorlikka tashviq sifatida baholadi.

Uchrashuvda Suriyadagi o’zgarishlar va Eron bilan bo’g’liq vaziyat muhokama qilindi.

Netanyahu Suriyadan Isroilga uchirilgan dronlar muvaffaqiyatli yo’q qilinganligini eslatib: “Shuni aytmoqchimanki, havodan va quruqlikdan chegaralarimizga xavf solgan barcha tashabbuslarni bostirishga qurbimiz yetadi”,-dedi.

Uchrashuv imkoniyati va dolzarb masalalarni muhokama qilish fursatini berganligi uchun Putinga minnatdorlik bildirgan Netanyahu: “O’rtamizdagi hamkorlik butun mintaqaga barqarorlik olib keluvchi eng muhim omildir”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: Benyamin Netanyahu , Isroil , Rossiya , Vladimir Putin

Aloqador xabarlar