AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi

Donald Tramp tashrifi chog’ida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va qirolicha 2-Elizabeta bilan uchrashadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi

 

AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga rasmiy ziyorati bugun boshlanadi.

Tramp Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO sammitini yakunlab, Buyuk Britaniyaga jo’nab ketadi.

Donald Tramp tashrifi chog’ida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va qirolicha 2-Elizabeta bilan uchrashadi.

AQSh prezidentining Buyuk Britaniya va Shotlandiyani o’z ichiga olgan 4 kunlik ziyorati munosabati bilan turli joylarda katta norozilik namoyishlari o’tkazilishi kutilmoqda.

Oxfordshiredagi Blenheim saroyida Tramp sharofatiga ziyofat beriladi, ziyofat oldidan harbiy marosim o’tkaziladi.

Ziyofatdan so’ng, Londonga jo’nab ketadigan Tramp tunni AQShning Londondagi elchixonasi qarorgohida o’tkazadi.

Ertaga, 13 iyul juma kuni Tramp va Tereza Mey hududdagi harbiy bazaga tashrif buyuradilar.

Ikki yetakchi u yerda Buyuk Britaniya va AQSh hamkorligida ishlab chiqilgan texnologiyalar ishtirokidagi namoyishni tamosha qiladi, so’ngra Tereza Meyning rasmiy qarorgohida uchrashuv o’tkazadi.

Ikki yetakchi uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazishi kutilmoqda.

So’ngra, Vindsor shahriga yo’l oladigan Tramp u yerda qirolicha 2-Elizabeta bilan uchrashadi.

Trampning dushanba kuni tashqi ishlar vazirligidan iste’fo etgan Boris Johnson bilan uchrashishi aytilmoqda.

Aytish joizki, Johnson saylov jarayonida Trampni qattiq qo’llab quvvatlashi bilan tanilgandi.

Trampning o’sha kuni oqshom turmush o’rtog’i Melanie Tramp bilan Shotlandiyaga jo’nab ketishi kutilmoqda.

Dam olish kunini Shotlandiyada o’tkazadigan Tramp oilasi u yerda golf o’yini maydonlarini tamosha qiladi.

Ayni damda Teraza Mey Trampning tashrifiga doir yozma bayonot berdi.

U ikki mamlakatning yaqin munosabatlariga diqqat qaratib, “Bizning AQSh bilan yaqin munosabatlarimizdan ham mustahkamroq ittifoq yo’q bo’lsa kerak. Bo’lmaydi ham”,-dedi.

Ikki davlat o’rtasidagi investitsiya faoliyatlariga to’xtalgan Tereza Mey: “Deyarli har kuni 1 mln ingliz Buyuk Britaniyada AQSh kompaniyalariga ishga kirmoqda. Yana shuncha amerikalik AQShdagi ingliz kompaniyalarida ishlamoqda”,-dedi.

Trampning tashrifi ikki mamlakatning o’ziga xos munosabatlarini yanada mustahkamlashtirishini aytgan Tereza Mey uchrashuvlarda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralish jarayoni Brexitdan so’ng, AQSh bilan savdo hamkorligini batafsil muhokama qilishini bildirdi.

Eslatma: Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o’tgan yili yanvar oyida AQShga tashrifi chog’ida Trampga qirolicha 2-Elizabetaning rasmiy taklifini yetkazgan edi va bu taklif Tramp tomonidan qabul qilingan edi.

Trampga berilgan taklifnoma Buyuk Britaniyada xalqning e’tiroziga sabab bo’lgandi va buni bekor qilish uchun mamlakat bo’ylab namoyishlar o’tkazilgandi.

Taklifni bekor qilish uchun 2 mlnga yaqin imzo to’planib, parlamentga ariza berilgan edi. Parlament raisi John Bercov ham Trampni parlamentda ma’ruza qilishga taklif qilmasligini ma’lum qilgandi.

Tramp o’tgan yili yozda amalga oshirilishi rejalangan ziyoratini bu o’zgarishlar natijasida keyinga qoldirgan edi.


Tanlangan kalimalar: Tereza Mey , Buyuk Britaniya , Donald Tramp , AQSh

Aloqador xabarlar