Bugun, Srebrenitsa qurbonlari yodga olindi

Ikkinchi Jahon urushi ortidan Yevropada yuz bergan tarixning eng buyuk insoniy fojiasi sifatida qo’lga olingan va kamida 8 ming 372 kishining umriga zomin bo’lgan Srebrenitsa qatliomining 23-yilligida, qatliom qurbonlari yodga olindi.

Bugun, Srebrenitsa qurbonlari yodga olindi

Ikkinchi Jahon urushi ortidan Yevropada yuz bergan tarixning eng buyuk insoniy fojiasi sifatida qo’lga olingan va kamida 8 ming 372 kishining umriga zomin bo’lgan Srebrenitsa qatliomining 23-yilligi munosabati bilan “qatliom qurbonlarini yodga olish” marosimi uyushtirildi.

Bosniya va Gertsegovinadagi prezidentlik kengashi raisi Bakir Izetbegovich, Potocharidagi eski akkumulyator zavodida o’tkazilgan qurbonlarni yodga olish marosimida so’zlagan nutqida xalqaro hamjamiyatni, Srebrenitsa qatliomining kun o’tgan sayin avvalgiga qaraganda yanayam ko’proq inkor qilinayotganligiga e’tibor qaratgan holda, bundan buyon e’tiroz bildirishlikka chaqirdi.

Bundan roppa-rosa 23 yil muqaddam, 1995-yilning iyul oyida, faqatgina bir necha kun ichida 8 mingdan ortiq yosh bolaning, keksa va ayolning qatl qilinib, ommaviy qabrlarda tuproqqa berilganligini eslatgan bosniyak lider, oddiy bir insonning 20-asrda, Yevropaning markazida, shunchalik dahshatli bir jinoyatga qo’l urilganligini tushunib yetishining murakkab ekanligini qayd etdi.

Bakir Izetbegovich Srebrenitsani “xavfsiz hudud” deb e’lon qilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ham ommaviy qatliomlarga to’siqlik qilolmaganligini ta’kidlagan holda,

“Srebrenitsa, bir umr, to’siqlik qilishga kuchi yetgan lekin buni amalga oshirmaganlarning yuzida qora dog’ bo’lib qoladi” dedi.

Xalqaro Urush jinoyatlari mexanizmi Bosh kotibi Olufemi Elias ham tashkilot sifatida 1995-yildagi qorqinchli voqealarning unutilmasligi va inkor qilinmasligi uchun kerakli faoliyatlarni olib borishni davom ettirajaklarini qayd etdi.

Adolatning cheklanganligini, jon berganlarning qaytib kelmasligini va yuz bergan voqealarning esa unutilmasligini qayd etgan Elias,

“Lekin adolat kelajakka qaray olishlik uchun muhimdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Srebrenitsa qurbonlarini yodga olish marosimiga Turkiya nomidan Adliya vaziri Abdulhamit Gul bilan birga Adolat va taraqqiyot partiyasining Tekirdag’ deputati Mustafa Shentop, Adolat va taraqqiyot partiyasining Qoniya deputati Ahmet Sorgun, Adolat va taraqqiyot partiyasining Bursa deputati Hakan Chavusho’g’li, Adolat va taraqqiyot partiyasining Denizli deputati Ahmet Yildiz, Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqara deputati Asuman Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqara deputati Zeynep Yildiz, Jumhuriyat Xalq partiyasi Tekirdag’ deputati Faruk O’ztrak, Jumhuriyat Xalq partiyasi Izmır deputati Kamil O’kyay Sindir va Jumhuriyat Xalq partiyasi Istanbul deputati Mustafa Sezgin Tanrikulu ham ishtirok etdi.  

 

 



Aloqador xabarlar