Muhsin Geruyan:"Eronda sayyohlarga majburiy bosh ro’mol o’ratish dinda joiz emas"

Eronda muhofazakorligi bilan tanilgan din ulamolaridan biri Hujjetulislom Muhsin Geruyan “Tijorat” gazetasiga intervyu berdi.

Muhsin Geruyan:"Eronda sayyohlarga majburiy bosh ro’mol o’ratish dinda joiz emas"

Eronda muhofazakorligi bilan tanilgan din ulamolaridan biri Hujjetulislom Muhsin Geruyan mamlakatga kelgan sayyohlar uchun ro’mol o’rash majburiy bo’lmasligi kerakligini bildirdi.

Eronda nashr qilingan “Tijorat” gazetasiga intervyu bergan Geruyan sayohat qilish uchun boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlarga majburiy bosh ro’mol o’ratish dinda joiz emasligini bildirdi.

“Sayyohlar faqatgina o’z xohshi bilangina bosh ro’mol o’rashi mumkin. Diniy jihatdan ularni bunga majburlash yo’q”,-dedi u.

Geruyan: “Biz boshqa davlatlarga borganimizda qanday o’z qoidalarimizga ko’ra harakat qilsak, sayyohlar ham o’z urf-odatlariga ko’ra harakat qiladilar. Buning uchun ularga imkoniyat yaratish kerak”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: majburiy , din , bosh ro'mol , sayyoh , Eron

Aloqador xabarlar