Isroil bosh vaziri bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi mahfiy uchrashgani fosh bo'ldi

Isroilning Maariv gazetasida chop etilgan xabarga ko’ra, Netanyahu bilan Salmon Iordaniya poytaxti Omandagi qirollik saroyida uchrashgan.

Isroil bosh vaziri bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi mahfiy uchrashgani fosh bo'ldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Iordaniyada mahfiy uchrashuv amalga oshirganligi iddao qilindi.

Isroilning Maariv gazetasida chop etilgan xabarga ko’ra, Netanyahu bilan Salmon Iordaniya poytaxti Omandagi qirollik saroyida uchrashgan.

Mazkur uchrashuv o’tgan hafta Oq uy bosh maslahatchisi Jared Kushner va AQShning Yaqin sharqdagi elchisi Jason Greenblattning Omanga tashrifi chog’ida amalga oshirilgan.

Xabarda Iordaniya qiroli 2-Abdulloh o’rtamchilik qilgan uchrashuvga doir, “Ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqa mavjud emas, biroq mahfiy aloqalarga ega ekanligiga ishonch bor”,-deyildi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQShda “The Atlantic” jurnaliga bergan intervyusida "Falastinliklar va isrolliklarning o’z tuproqlariga ega bo’lishiga haqqi bor, men bunga ishonaman. Biroq tinchlik shartnomasi tuzilishi kerak",-degan edi.

 



Aloqador xabarlar