Bashar al-Asad rejimi Suriyaning Dera shahrida hujum uyushtirdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan kecha mamlakatning Dera shahrida hujum uyushtirilardi.

Bashar al-Asad rejimi Suriyaning Dera shahrida hujum uyushtirdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan kecha mamlakatning Dera shahrida hujum uyushtirilar ekan oqibatida 6 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari kamida 7 kishi tan jarohati oldi.

Deradagi oq kaskaliklar tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra kecha rejim kuchlari shaharda jami 750 hujum uyushtirgan va mazkur hujumning 6 tasi havo orqali amalga oshirilgan.

Dera Ostona jarayonidagi kafil mamlakat hisoblangan Turkiya, Eron va Rossiya tomonidan 2017-yilning may oyida tashkil etilgan deeskalatsiya zonasidan biri edi.

Rossiya va Amerika Qo’shma Shtatlari ikki oy ortidan Derani bu ro’yhatdan chiqarib, alohida “xavfsiz mintaqa” deb e’lon qilgan.

Ortidan AQSh mintaqada qo’llab-quvvatlagan muxolafatga bo’lgan yordamini to’xtatgan.

AQShning barcha ogohlantirishlariga qaramay rejim kuchlari va uni qo’llab-quvvatlagan Eron mamlakatning o’rta qismidagi yutuqlari ortidan janubni ham qo’lga kiritish uchun Derada tunov kuni amaliyot boshlatgan.

 


Tanlangan kalimalar: hujum , Dera , Suriya , Bashar al-Asad

Aloqador xabarlar