Yaponiyada 6.1, Guatemalada esa 5.6 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Yaponiyada 6.1, Guatemalada esa 5.6 magnitudali yer silkinishi kuzatilar ekan Yaponiyadagi falokat 3 kishining umriga zomin bo'ldi.

Yaponiyada 6.1, Guatemalada esa 5.6 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Yaponiyada 6.1 magnitudali yer silkinishi kuzatilar ekan uning oqibatida 3 kishi jon berdi.

Yaponiya meteorologiya instituti Osaka shahri yaqinlarida 6.1 magnitudali yer silkinishi kuzatilganligini ma’lum qildi.

Yer silkinishining shaharning shimolida, yerning 13 kilometr terangligida qayd etilganligi ifoda etildi.

Milliy ofatlar agentligi ham ilk aniqlashlarga ko’ra 3 kishining jon berganligini, qariyb 100 kishining tan jarohati olganligini e’lon qildi.

Ko’plab binoda yong’in falokatining yuz berishiga, yo’llarning yorilishiga va asosiy suv quvirlarining ziyon ko’rishiga yo’l ochgan yer silkinishi ortidan mintaqa tsunami borasida ogohlantirildi.  

Yer silkinishi ortidan uchoq va poyezd safarlari keyingiga qoldirildi.

Osaka yaqinidagi Mihama, Takahama va Ohi atom stansiyalarining hech qanday ziyon ko’rmaganligi qayd etildi.

Aytib otish joizki Yaponiyadan tashqari Guatemalada ham 5.6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Geologik tadqiqot markazi, epitsentri Escuintla shahridagi Guanagazapa tumani bo’lgan 5.6 magnitudali yer silkinishining 99 kilometr teranglikda qayd etilganligini ma’lum qildi.

Milliy ofatlar agentligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda yer silkinishi oqibatida jon bergan yoki tan jarohati olganlarning yo’qligi ifoda etildi.

Aytib o’tish joizki mamlakatda 2 hafta oldin Fuego vulkanidagi portlash oqibatida 114 kishi jon bergan edi.

 


Tanlangan kalimalar: yer silkinishi , Guatemala , Yaponiya

Aloqador xabarlar