Isroil qurolli kuchlari G’azo shimolidagi hududlarga aviazarba berdi

Bayonotga ko’ra, Isroilga oid harbiy samolyot Hamasning qurolli kuchi Izzaddin al-Kassam brigadasiga tegishli kuzatish markazini nishonga oldi.

993383
Isroil qurolli kuchlari G’azo shimolidagi hududlarga aviazarba berdi

Isroil qurolli kuchlari qamal ostida bo’lgan G’azo shimolidagi hududlarga aviazarba berdi.

Isroil qurolli kuchlari matbuot xizmati bu haqda bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Isroilga oid harbiy samolyot Hamasning qurolli kuchi Izzaddin al-Kassam brigadasiga tegishli kuzatish markazini nishonga oldi.

Ushbu markaz G’azodan Isroilga tomon varrak uchirilgan joyga yaqin masofada joylashganligi ma’lum qilindi.

Falastin hukumati bu hujumga doir biron izoh bildirmadi.

Isroilga oid uchuvchisiz havo vositasi tomonidan kecha tushdan keyin G’azodan Isroil tomonga varrak uchirilgan joyga ogohlantiruv maqsadida o’q uzilgan edi.

Isroil matbuotida tarqatilgan xabarlarda esa, G’azo Sheridi atrofidagi yahudiy turar-joy hududlariga yonuvchi varraklar va zaharli gaz bilan to’ldirilgan sharlar uchirilganligi tufayli hududda bir qancha joyda yong’in sodir bo’lganligi yozilgan edi.

Falastinda 2006 yilda o’tkazilgan va Hamasning g’alabasi bilan yakunlangan saylovlardan so’ng, Isroil G’azo Sheridini quruqlik, dengiz va havodan qamal qilgan edi.

Xalqaro e’tirozlarga qaramay G’azo qamali hamon davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo , #hujum

Aloqador xabarlar