Makedoniya Yunoniston bilan o'z nomini o'zgartirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Ta’kidlanishicha, tegishli hujjatlar imzolangandan keyin Makedoniya Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb atala boshlanadi.

Makedoniya Yunoniston bilan o'z nomini o'zgartirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Makedoniya prezidenti Giorge Ivanov Yunoniston bilan o'z nomini o'zgartirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Ko'p yillik noroziliklar va muzokaralardan keyin ikki davlat bosh vazirlari Aleksis Tsipras va Zoran Zayev bir to'xtamga keldilar.

Ta’kidlanishicha, tegishli hujjatlar imzolangandan keyin Makedoniya Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb atala boshlanadi. Uning milliy tili makedon tili, fuqarolari esa makedoniyaliklar deb ataladi.

Makedoniyaning yangi nomi ham xalqaro, ham ikki tomonlama darajada qo'llanadi, shu sababli bu nomga qolgan davlatlar ham ko'nikishlariga to'g'ri keladi.

Endi, hujjatlarni ikki davlat hukumati tasdiqlashi lozim. Shundan keyin Makedoniya Yevropa ittifoqi va NATOga kirishga da’vogarlik qilish huquqini oladi. Shu vaqtgacha ushbu masala bo'yicha muzokaralar Yunoniston tomonidan bloklab kelingandi.

Makedoniyaning nomlanishi bo'yicha Yunoniston bilan bahs uning Yugoslaviyadan ajralib chiqqanidan keyin vujudga kelgan. Yunonistonda shunday nomdagi viloyat bo'lgani sababli, Afina Makedoniyaning bu nomini tan olmagan. 

Muzokaralar vaqtida shuningdek Yuqori Makedoniya va Yangi Makedoniya nomlari ham taklif qilingan. 

 

 



Aloqador xabarlar