Qatar Iordaniyaga 500 mln dollarlik investitsiya kiritdi

Qatar qolaversa, iordaniyalik 10000 o’smirga Dohada mehnat qilish imkoniyatini yaratdi.

Qatar Iordaniyaga 500 mln dollarlik investitsiya kiritdi

Qatar oxirgi damlarda norozilik namoyishlariga guvoh bo’layotgan Iordaniyaga 500 mln dollarlik investitsiya kiritdi.

Qatar qolaversa, iordaniyalik 10000 o’smirga Dohada mehnat qilish imkoniyatini yaratdi.

Bu haqda Qatar tashqi ishlar vazirligi veb sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, Iordaniya qiroli 2-Abdulloh kecha Omanda Qatar tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani bilan Qatar moliya vaziri Ali Sharif Al-Imadiyni qabul qildi.

Qabulda Al Sani qirol Abdullohga Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sanining maktubini yetkazdi.

Uchrashuvda Iordaniyaga ushbu qiyin kunida 500 mln dollar qiymatida investitsiya kiritilishi va poydevorni mustahkamlash uchun yordam berilishi, bundan tashqari iordaniyalik 10000 o’smirga Dohada mehnat qilish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilindi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni mezbonligida Iordaniyada mavjud bo’lgan iqtisodiy inqirozdan chiqishga chora izlash uchun 11 iyunda Quvayt, BAAdan oliy martabali vakillar ishtirokida Makkada o’tkazilgan sammitda Iordaniyaga 2.5 mlrd dollarlik moliyaviy yordam o’tkazilishi qarorlashtirilgan edi.


Tanlangan kalimalar: investitsiya , moliyaviy yordam , Iordaniya , Qatar

Aloqador xabarlar