Nikolas Maduro AQSh maslahatchisi Todd Robinsonni mamlakat hududlaridan chiqarib yubormoqchi...

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ta’kidlashicha, uning qo’lida Robinsonning hukumatga qarshi tuzoq qurishga harakat qilganligiga doir dalillar bor.

Nikolas Maduro AQSh maslahatchisi Todd Robinsonni mamlakat hududlaridan chiqarib yubormoqchi...

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh maslahatchisi Todd Robinsonni hukumatga qarshi tuzoq qurganlikda ayblab mamlakat hududlaridan chiqarib yuborilishi to'g'risida buyruq berdi.

Maduroning ta’kidlashicha, uning qo’lida Robinsonning hukumatga qarshi tuzoq qurishga harakat qilganligiga doir dalillar bor.

Shu sababli u AQSh maslahatchisini mamlakat hududlaridan chiqarib yubormoqchi.

Prezidentlik saylovida 68 foiz ovoz olib, takror prezident etib saylanganligi munosabati bilan Milliy saylov kengashida qasamyod qilgan Maduro: “Robinsonning 48 soat ichida mamlakatimiz hududlaridan chiqib ketishini talab qilaman”,-dedi.

AQSh ma’muriyati esa, xozircha Maduroning izohiga doir bayonot bermadi.

AQSh kotibi Mayk Pompeo avvalroq Venesuelada o’tkazilgan saylovlarga hiyla aralashganligi sababli tanqid qilganligini ma’lum qilgandi.

“AQSh 20 mayda Venesuelada o’tkazilgan qalbaki saylovlarni qoralaydi. Ushbu soxta saylovlar konstitutsiyaga tajovuz va Venesuelaning demokratiyasiga haqoratdir”,-deb aytgan edi Mayk Pompeo.

 



Aloqador xabarlar