Musson yomg’irlari arakanlik musulmonlarni xavf ostiga qo’ydi

Musson yomg’irlari Bangladeshda jon saqlagan arakanlik 7 ming nafar musulmonni xavf ostiga qo’ydi.

Musson yomg’irlari arakanlik musulmonlarni xavf ostiga qo’ydi

Musson yomg’irlari Bangladeshda jon saqlagan arakanlik 7 ming nafar musulmonni xavf ostiga qo'ydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi voizi Stephane Dujarric, arakanlik musulmonlar jon saqlagan Bangladeshning Koks-Bazar shahrida suv toshqini yuz berib, 2.5 metrgacha ko’lmaklarning paydo bo’lganligiga e’tibor qaratdi.

Musson yomg’irlarining arakanlik musulmonlar hayoti uchun xavf tashkil etishini eslatgan Dujarric,

“Arakanlik 7 mingdan ortiq muhojir musson yomg’irlari natijasida yuz bergan bo’ron va yer ko’chkisidan ziyon ko’rdi va 25 ming muhojir jiddiy ravishda xavf ostida” dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Myanma xavfsizlik kuchlari tomonidan mamlakatning janubi-g’arbidagi Arakan shtatida 700 mingdan ortiq musulmonning qo’shni Bangladeshda jon saqlashiga yo’l ochgan amaliyotini “Etnik tozalash” deb ta’rif etmoqda.

 



Aloqador xabarlar