Isroil askarlari tomonidan shahid qilingan falastinliklar soni ortdi

Falastin Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Isroil askarlari kecha, 51 yoshidagi Nasir Ahmad Gurab degan falastinlikni ham shahid qilgan.

Isroil askarlari tomonidan shahid qilingan falastinliklar soni ortdi

Isroil askarlari tomonidan G’azo chegarasida, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining Quddusga ko’chirilishiga norozichilik ko’rsatish va Naqbaning (Buyuk falokat) 70-yilligini yodga olish maqsadida namoyish uyushtirgan falastinliklarga qarshi o’q uzilishi oqibatida shahid qilinganlar soni 62 nafarga yetdi.  

Falastin Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Isroil askarlari kecha, 51 yoshidagi Nasir Ahmad Gurab degan falastinlikni ham shahid qilgan.

Voqeda jon berganlar soni ham 2 770 nafardan ortdi.

Bayonotda shuningdek shahid qilinganlarning 8 nafarining 18 yoshdan kichik ekanligi qayd etilar ekan, tan jarohati olganlarning 225 nafarining yosh bola va 86 nafarining ayol kishi ekanligi ma’lum qilindi.

Qatliomda 8 oylik chaqaloqning ham Isroil askarlari tomonidan otilgan, ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bombalari ta’sirida jon berganligi ifoda etildi.  


Tanlangan kalimalar: G'azo , Falastin , Isroil askarlari

Aloqador xabarlar