Germaniya kanstleri Angela Merkel Isroilning G'azodagi qilmishiga loqayd...

Germaniya hukumat kotibi Steffan Seibertning yozma bayonotiga ko’ra, Merkel Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muloqot qildi.

Germaniya kanstleri Angela Merkel Isroilning G'azodagi qilmishiga loqayd...

Germaniya kanstleri Angela Merkel Isroilning G’azoda 62 nafar falastinlikning hayotiga zomin bo'lganligiga loqayd qaramoqda.

Germaniya hukumat kotibi Steffan Seibertning yozma bayonotiga ko’ra, Merkel Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muloqot qildi.

Merkel suhbat chog’ida, Isroil davlatining 70 yilligi munosabati bilan tabriklab, G’azodagi o’zgarishlardan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.

Merkelning ta’kidlashicha, Germaniya Isroilning xavfsizlik bo’yicha xavotirini to’g’ri tushunadi, lekin notinchlik yaratish maqsadida tinchliksevar maqsadlarda o’tkazilayotgan namoyishlarda kuch ishlatmaslik kerak.

Bundan tashqari, Merkel: “Eron mas’uliyatlarini bajargan taqdirda, Germaniya ham Buyuk Britaniya va Fransiya kabi Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvga amal qiladi”,-dedi.

“Merkel va Netanyahu Eronning ballistik raketa dasturidan, qolaversa Suriya, Iroq va Yaman kabi mintaqa davlatlarida notinchlik keltirib chiqaruvchi ro’l o’ynaganligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildilar”,-deyiladi bayonotda.

Merkel suhbat chog’ida, Eronning Go’lan tepaliklaridagi Isroil ob’yektlariga qaratilgan hujumlarini qoraladi va Isroil o’zini himoya qilishga haqli ekanligini tilga oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar