Kun tahlili 18-qism

Bashar al-Asad rejimining 2011-yildagi ijtimoiy talablarni rad etib, mamlakatni demokratiklashtirish o’rniga urush halokatiga suriklashi, Suriyani bir necha mintaqaviy va global tomonlar uchun “kuch sinashish” maydoniga aylantirdi.

Kun tahlili 18-qism

Suriyadagi mintaqaviy va global kuch jangi Suriyadagi ichki urushni dog’da qoldirdi. Bashar al-Asad rejimining 2011-yildagi ijtimoiy talablarni rad etib, mamlakatni demokratiklashtirish o’rniga urush halokatiga suriklashi, Suriyani bir necha mintaqaviy va global tomonlar uchun “kuch sinashish” maydoniga aylantirdi. Urush maydoniga aylangan Suriyada bir tomondan ichki nizo va terror muammosi avj olar ekan ikkinchi tomondan mintaqada davlatlararo “vakolat urushi” davom etmoqda. Shu doirada Rossiya, AQSh, Angliya va Fransiya kabi global tomonlar bilan birga Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, Isroil kabi mintaqaviy tomonlar ham Suriyada faol rol olgan vaziyatda.

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi "SETA" tadqiqotchisi, yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Global va mintaqaviy tomonlar Suriyadagi o’z maqsadlariga erishish uchun bir necha vakil unsuridan foydalanmoqda. Rossiya Bashar al-Asad rejimini Eron bilan birgalikda havo va quriqlik tarmog’ida shuningdek, diplomatik va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlamoqda. Rossiyaning Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi bilan Quriqlik kuchlari qo’mondonligiga qo’shimcha sifatida Suriyada bir necha rossiyalik yollanma askar ham xizmat qilmoqda. Eron esa moddiy va harbiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdan tashqari Asad rejimini insoniy resurs bilan ham ta’minlamoqda. Kamiga Rossiyaning aksiga Eronning Suriyada, ham suriyalik ham da chet ellik bir necha qurolli vakili mavjud. Ularning ko’pchiligi livanlik Hizbulloh, afg’onistonlik Fatimiyyun brigadasi, iroqlik Nujeba harakati va pokistonlik Zeynebiyyun brigadasi kabi bir necha chet ellik vakillardan iborat. Eronning Suriyadagi chet ellik unsurlariga qo’shimcha sifatida Xalqlarni himoya qilish kuchlari nomi ostida bir necha suriyalik vakil unsuri ham bor. Faqat Eronning Suriyada faqatgina vakil unsurlari emas ayni vaqtda o’zining Inqilob Himoya birliklari ham o’z zimmasiga muhim vazifalar olgan. Rossiya va Eronning Suriyaning bir necha nuqtasida harbiy bazalari va ular foydalangan aeroportlar ham bor.   

Boshqa bir tomonni esa AQSh, Fransiya va Angliya tashkil etadi. G’arb bloklari tashkil etgan mazkur tomon DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash nomi ostida YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatladi. YPG terror tashkiloti, o’z yetakchiligida barpo etilgan Suriya Demokratik kuchlari bilan birgalikda Suriyaning shimoliy-g’arbidagi Manbij mintaqasidan, janubi-sharqdagi Abu Kamolgacha bo’lgan liniyani nazorat qilmoqda. AQSh va Fransiyaning bu liniyada qariyb 25 ta harbiy bazasi bor. Ular orasida 2 ta avia sohasi ham g’arblik blok tomonidan foydalanilmoqda. Undan tashqari Angliya va AQShning Suriyaning janubidagi Tenef mintaqasida jami 2 ta bazasi bor. Bu mintaqada esa Magavir al-Savra deb nomlangan bir tashkilot bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda. Saudiya Arabistoni Suriyada uzoq vaqtgacha, vaqti-vaqti bilan Suriyadagi muxolafat kuchlarni qo’llab-quvvatlashiga qaramay oxirgi vaqtlarda YPG rahbarligidagi Suriya Demokratik kuchlarini qo’llab-quvvatlay boshladi. Ayniqsa Saudiya Arabistoni rahbarligidagi arab davlatlari Suriya Demokratik kuchlari tomonidan nazorat qilingan mintaqalarga harbiylarni yuborganligi qayd etilmoqda.

Keyingi tomon esa Turkiyadan iborat. Turkiya Idlib mintaqasidagi xavfsiz hududni nazorat qilish maqsadida u yerda 9 ta nazorat nuqtasi tashkil etdi. Bundan tashqari yana 12 ta nazorat nuqtasining tashkil etilishi kutilmoqda. Bulardan tashqari Firat qalqoni amaliyoti va Zaytun novdasi amaliyoti bilan DEASh va YPG terror tashkilotidan qutqarilgan mintaqalarda harbiy kuchini davom ettirmoqda. Suriya xalqi uchun xavfsiz hududga aylangan Afrin, Azez, al-Bob va Jarablusda ayni vaqtda Turkiyaning maxsus topshiriqli bo’linmasi tomonidan yetishtirilgan Suriyaning politsiya tashkiloti tomonidan tinchlik ta’minlamoqda. Suriyaning politsiya tashkiloti Suriya muxolafat guruhi tomonidan tashkil etilgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan Suriyaning vaqtinchalik hukuımatiga qarashlidir. Harbiy ma’noda tashkil topgan Milliy armiya ham Suriyaning vaqtinchalik hukuımatiga qarashlidir. Qatar esa “Qatar-muammosi”dan oldin Suriya muxolafat kuchini yaqindan qo’llab-quvvatlayotgan edi lekin qurshab olish ortidan Qatarning Suriyadagi kuchi kamaydi.     

Yana bir tomon esa Isroildir. Isroil 1967-yildagi urushlarda xalqaro huquq qoidalari talablariga tog’ri kelmagan ravishda Golan tepalari bilan Suriyaning tuprog’ini bosib olgan edi. 2011-yili boshlagan urush ortidan esa Isroil Golan tepalaridagi hukmronligini yana-da orttirdi. Eronning vakil unsurlarining Suriyada ortishi va Hizbullohning Suriyadagi kuchidan bezovta bo’lgan Isroil, vaqti-vaqti bilan Suriyadagi Eron va Hizbulloh nuqtalariga qarshi havo hujumlarini amalga oshirmoqdadir.

Bashar al-Asad rejimi 2011-yili xalqning talablarini qabul qilmagan holda, mamlakatni urushga yetaklashi ortidan Suriya, global va mintaqaviy “kuch sinashish” maydoniga aylandi. Milliy mustaqilligini qo’ldan bo’y bergan Suriyaning bir necha bo’limga bo’linganligini aytish mumkin. Lekin Suriyada davom etgan urushning global va mintaqaviy bir “kuch sinashish” maydoniga aylanishi ham to’g’ri emas. Suriyada haligacha davom etgan bir ichki urushning borligini ta’kidlamoq lozim.

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi "SETA" tadqiqotchisi, yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 



Aloqador xabarlar