Turkiya, Amerika qo'shma shtatlariga norozichilik ko'rsatdi

Tashqi ishlar vazirlik voizi Hami Aksoy, AQShning Afrin bilan bog'liq bergan bayonotiga norozichilik ko'rsatdi.

Turkiya, Amerika qo'shma shtatlariga norozichilik ko'rsatdi

Turkiya, Amerika qo'shma shtatlariga norozichilik ko'rsatdi.

Tashqi ishlar vazirlik voizi Hami Aksoy, AQSh Tashqi ishlar vazirligi voizi Heather Nauertning Afrin bilan bog'liq bergan bayonotiga norozichilik ko'rsatdi.

Aksoy, mavzuga doir yozma bayonot berdi.

Nauertning ifodalarini "AQSh organlarining Zaytun novdasi operatsiyasining sababini, maqsadini va tarkibini tushunmaganini yohud anglashni istamaganini ko'rsatmoqda" degan Aksoy, "Zaytun novdasi operatsiyasi, terrorga qarshi kurashdir" deb mulohaza bildirdi.

Aksoy so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Afrindagi harbiy operatsiyalarning DEAShga qarshi kurashga putur yetkazilganini ilgari surilishi noto'g'ri. Suriyada terrorga qarshi kurashga putur yetkazgan aslida, terrorga qarshi boshqa terror guruhidan foydalanish va bu guruhning kun tartbini o'zgartirib, demokrafik o'zgarishlar kiritishiga ko'z yumilishidir" dedi.

AQSh Tashqi ishlar vazirlik voizi Hearther Nauert, Turk Qurolli Kuchlari Afrinni terrordan tozalagandan keyin yakshanba kuni bergan baynotida, "So'ngi 48 soat ichida bu kabi hodisalardan xavoritga tushganini" bildirgan edi.



Aloqador xabarlar