Jazoyirda qizamiq kasalligi keng tarqalib bormoqda

Jazoyir matbuotida berilgan xabarlarga ko’ra, xozirda mamlakatda 12 kishi qizamiq kasalligiga chalinganligi tufayli nobud bo’lgan.

Jazoyirda qizamiq kasalligi keng tarqalib bormoqda

Jazoyirda qizamiq kasalligi keng tarqalib bormoqda.

Taxminan 2 oy oldin boshlangan kasallik jami 13 shaharda tarqaldi.

Bu haqda Jazoyir sog’liqni saqlash vazirligi mulozimi Jamol Furar ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, qizamiq kasalligi 13 shaharda tarqalgan bo’lib, yakshanba kunidan e’tiboran yana 2317 kishida kasallik alomatlari kuzatilgan.

Taxminan 2 oy oldin tarqalgan Al-Vadi shahrida 1047, Vurgile shahrida 797 kishi qizamiq kasalligiga chalingan.

Jazoyir matbuotida berilgan xabarlarga ko’ra, xozirda mamlakatda 12 kishi qizamiq kasalligiga chalinganligi tufayli nobud bo’lgan.

Jazoyir sog’liqni saqlash vazirligi qizamiq kasalligining sabablarini tekshirish uchun 5 mart kuni o’z faoliyatlarini boshlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar