Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashadi

“Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 20 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashadi”,-deyiladi ma’lumotda.

Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 20 mart kuni Oq uyda uchrashadi.

Oq uy kotibi Sarah Sanders matbuotga bergan brifingda Trampning shahzoda Salmon bilan uchrashishiga doir rasmiy izoh bildirdi.

“Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 20 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashadi”,-deyiladi ma’lumotda.

Amerika matbuotida anchadan beri Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi kutilayotganligi, ziyoratning qachon amalga oshirilishi esa aniq emasligi yozilayotgandi.

Valiahd shahzoda Salmon o’tgan hafta Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, bosh vazir Tereza Mey bilan uchrashgandi.

Shuningdek, Salmon Buyuk Britaniya qrolichasi 2-Elizabet, Buyuk Britaniya valiahd shahzodasi Charles bilan Kembridj gertsi shahzoda Villiam bilan uchrashgandi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar