AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ishdan olindi

AQSh prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste’foga chiqardi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ishdan olindi

AQSh prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni ishdan oldi.

Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste’foga chiqardi.

Endilikda bu lavozimga Markaziy qidiruv byurosi (CIA) direktori Mayk Pompeo tayinlangan.

Markaziy qidiruv byurosiga esa, Jina Haspel rahbarlik qiladi.

Jina Haspel ushbu lavozimga tayinlangan birinchi ayol unvoniga ega bo’ldi.

Donald Tramp Reks Tillersonni lavozimidan chetlashtirganligini Twitterdagi sahifasida e’lon qildi.

Donald Tramp bilan Reks Tillerson o’rtasida AQSh tashqi siyosatidagi deyarli barcha mavzuda fikr farqi borligi aytilayotgandi.

Lekin Davlat departamenti ham, Tillersonning o'zi ham prezident bilan ziddiyat mavjudligi haqidagi xabarni inkor etib kelayotgandi.

Eslatma: Reks Tillerson 2017 yilning fevral oyidan e’tiboran AQSh Davlat kotibi sifatida ish boshlagandi.

 



Aloqador xabarlar