Umumbashariy nuqtai nazar 8-qism

Inson tamoyillarini rivojlanishiga katta hissa qo'shgan Yevropa Ittiqoi nima ahvolda?

Umumbashariy nuqtai nazar 8-qism

Umumbashariy nuqtai nazar 8-qism

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

Yevropadagi taranglik

Bir mamlakatda, yashagan hududingizda, Xristian yoki Yahudiy yonib o’ldirilsa dunyo qanday norozichilik ko’rsatgan bo’lar edi? (Fransiyada 2017-yil 2-Oktyabr kuni 3 nafari Turk asilli bola jami 5 Musulmon tirik-tirik yonib jon bergan edi). Yohud o’lkamizdagi cherkovlar, sinagoglarda har yil o’nlab hujum uyushtirilsa, olov qo’yilsa? Germaniyada 2015-yil so’ngi choyragida jomelarga 24 marta hujum qilindi. Bu haqda  http://gocvakfi.org/almanyada/cami/saldirisi/_ saytidan ma’lumot topishingiz mumkin.

Hech qaysi bir davlatda bunday hodisaning bo’lishini albatta istamaymiz. Buni tilga olish hattoki qiyin. Bunga o’xshash hodisalar o’lkamizning xavfsizligi, haq va erkinligini poymol qilish, farqli hayot uslubini tahdit etish kabi eshittirilsa, insonlarning yodidan chiqmas edi. Siz ham uyalib boshingizni ko’tara olmas edingiz.  Lekin qayg’urmang, bu hodisalar faqat ayrim mamlakatlarda emas Yevropa davlatlarida ham roy bermoqda. Lekin  hech kim buning farqiga borib yetmagan.

 

Qadriyatlarga tayangan Yevropa

Yevropa azalda bunday bo’lmagan. Asosan II. Jahon urushining achchiq natijalari, hamkorlik, o’zaro anglashuv, bahamlashishga diqat qaratgan bir Yevropani vujduga keltirgandir. Mana bu ijobiy nazariya Yevropa Ittifoqini maydonga keltirdi. YI ijobiy naziriya bilan kerak bo’lsa  o’z ichida, kerak bo’lsa hududda, Fashizm, Natsizm kabi irqchilikni bartaraf qilish, demokratik qadriyatlarga chorlash, inson haqlari, huquq ustuvorligi, ijtimoiy va iqtisodiy erkinlik sohasida muhim o’zgarishlar amalga oshirdi. Hozirgi kunda mana bu tamoyillarni birma bir  boy berishiga qaramasdan, YIning yaqin davrda bu tamoyillarga qo’shgan hissalari cheksiz edi. George Friedman ayganidek, “Yevropa inqirozi” nomi maqolasida, 1945-1991- yillari orasida Yevropa erishgan muvaffaqiyatlar, AQSh va Rossiyaning Yevropaga tinchlini zo’rlashi oqibasida desa ham men bu fikrga qo’shilmayman. Yevropaning o’z zararlaridan dars olib bu ijobiy muhitni yaratganini tan olish daror.

 

Tashqariga yopiq, qo’ruvlar hukum surgan, tahdit yaratgan bir Yevropa

Afsuski hozirgi kunda bunday bir Yevropa yo’q. Kun o’tgan sari xorijliklarga qarshi dushmanlik avjiga ko’tirilgan bir Yevropa bahs mavzusi. Fashist va Natsist partiyalar yuksalishga boshladi. Irqchi partiyalar endi hukumat sherikiga aylanmoqda. Adolatli rahbarlar kamayib bortmoqda. O’zgacha hayot tarzlariga va ularning ibodadxonalariga uyushtirilgan hujumlar endi xabar xususiyatida emas. Ommaviy so’rovlar ko’chmanchilarning chetlanib borayotganini maydonga qo’ymoqda.

Siyosiy partiyalar, mamlakatlariga yana yaxshi shart-sharoit yaratish o’rniga ko’chmanchilarga qarshi izlagan salbiy uslubi bilan hukumronlik qilish g’ayratida. Avstriyada bo’lgani kabi, “Ko’chmanchisiz” o’lka va’da bergan hukumronlik qilib kelmoqda. Avstriya qarama qarshi bo’lgan “ko’chmanchi xavfi” Turkiyaning yuzdan biriga ham teng kelmaganini, Yevropaning qanday bir qo’rquvga taslim bo’lganini ko’rish mumkin (Turkiyadagi emigrant soni 3.5 million yuzdan bir foizi 35 ming).

 

Ratsionalizmning yuqolib borishi

Davlatlar bunday inqirozlarga zamon zamon uchrab turadi. Bunga o’xshash vaziyatlarda davlat tashkilotlari va salohiyatli rahbarlar adolatli siyosat izlab inriqozning oldini olishi mumkin. Lekin ko’chmanchilarga, musulmonlarga, Turklarga qarshi izlagan uslub, davomli ularni ayblagan ifodalariga qaraganda,  Yevropaning aqli salim harakat qilmaganini aytish mubolag’a bo’lmaydi. Biz go’yoki o’ziga ishonch va ratsionalizmni yuqotgan bir Yevropa bilan qarama qarshimiz. Skolastik davrni o’tish uchun oydinlikka chiqishga qurba yetmagandek.

 

Yevropa muammoning sababini emigrantlar bo’lganini bildirmoqda

Bu aslida Yevropaning masalasi. Emigrantlar, musulmonlar, turklar uzoq muddatdan beri Yevropada yashab kelmoqda. Hozirgi kunda bunlarning faqat soni ko’paygan. Aslida ko’chmanchilar o’z hayot uslubini almashtirmagan. Yevropa, tamoyillarini o’rnaratayotganda bu guruhlarga qarshi ijobiy uslub izlar ekan, hozirgi kunda esa ayblagan va chetlagan bir harakat ichida bo’lishi, masalaning Yevropada bo’lganini anglatmoqda. Taranglikning negizida, Yevropadagi iqtisodiy suslik, globalizatsiyadan to’liq manfaatdor bo’lmasligi va Yevropaning ko’p millatli va farqliliklarni o’z ichiga olgan bir o’tmishga ega bo’lganini aytish mumkin.

Yevropa, II. Jahon urushidan avval ham bunga o’xshash inriqoz yashagan. U davr boshda muammolarni ko’ra olmagan Yevropa Yahudiylarni muammo sifatida ko’rishga boshlagandir. O’zagachaliklardan qo’rqgan Yevropa, o’z masalasini Yahudiylarga yuklagan. Yahudiylarga qarshi qilinganlar Yevropaning II. Jahon urushi bilan o’zini, hududini va dunyoni larzaga solgan, Yahudiylar bilan aloqali bo’lmaganini ispotlamoqda. Lekin Yevropaning o’z haqiqatini qabul qilishi dunyoga qimmatga tushgan.

Mana hozirgi kunda ham Yevropa o’zini va o’z kelajagini muhokama qilmoqda. Ko’chmanchilar va Musulmonlarga qaratilgan cheklovlar bilan ularning erkinligiga to’sqinlik qilmoqda. Unlarga qarshi hujumlarga ko’z yumib kelmoqda. Yevropalik ziyolilar va olimlarning xuddi shu xatoni qaytarmaslik uchun masalani yaxshi anglashi kerak. Yevropa mavjud bu taranglikdan chiqa oladimi? Buning uchun avvalambor masalaning ko’chmanchilar, musulmonlar yoki turklar emas o’ziga tegishli bo’lganini qabul qilishi kerak. Yevropaning bu taranglikni bartaraf qilishidan umidvor emasmiz. Lekin bu mavzuni boshqa bir dasturimizda muhokama qilamiz.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar