Ukrainadan chiqarib yuborilgan Mixail Saakashvili Polshaga jo’natildi

“Bu deportatsiya emas, readmissiya ya’ni noqonuniy shaxsni kelgan davlatiga qaytarishdir”,-dedi Ukraina davlat chegara xizmati kotibi Oleg Slobodyan.

Ukrainadan chiqarib yuborilgan Mixail Saakashvili Polshaga jo’natildi

Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Ukrainadan chiqarib yuborilgan Mixail Saakashvili Polshaga jo’natildi.

Mixail Saakashvili 12 fevral dushanba kuni Kiyev vaqti bilan soat 16:00da charter reys bilan Ukrainadan Polshaga uchib ketdi.

Ukraina davlat chegara xizmati kotibi Oleg Slobodyan bu haqda ma’lum qildi.

Oleg Slobodyan internet orqali bayonotida, noqonuniy yo’llar bilan Ukrainaga kirib kelganligi tufayli, yana kelgan mamlakatiga qayta yuborilishi kerakligiga doir qarorni Saakashviliga bildirganligini ma’lum qildi.

“Bu deportatsiya emas, readmissiya ya’ni noqonuniy shaxsni kelgan davlatiga qaytarishdir”,-dedi Oleg Slobodyan.

U “Sud qaroriga ko’ra, bu shaxs Ukraina hududida noqonuniy ravishda qolayotgan edi. U qonunni buzgan holda Polshadan kirib kelgan. Shu sababli, u Polsha qonunlariga binoan o’sha mamlakatga qayta yuboriladi”,-dedi.

Saakashvili o’sha kuni Kiyev markazidagi restoranlardan birida harbiy kamuflyaj kiyimidagi odamlar tomondan olib ketilgani ma’lum qilingandi.

Lviv sudi Ukraina fuqaroligidan chiqarilgach, o’tgan yili Polsha orqali Ukrainaga passport ko’rsatmasdan tarafdorlarining yordami bilan kirib kelgan Saakashvilining bu harakati qonunga hilof ekanligi to’g’risida qaror bergan edi.

Eslatish joizki, Saakashvilining Ukraina migratsiya xizmatiga murojaati rad etilgan edi.

Qaror ustidan sudga shikoyat qilgan Saakashvilining e’tirozi qabul qilinmagan edi.

Eslatma: Saakashvili 2017 yil 10 sentyabrda Ukrainaga Polsha orqali kelgan. Uning tarafdorlari Polsha-Ukraina chegarasida nazorat o'tkazish punktidagi kuch tuzilmalari xodimlari halqasini yorib o'tib, siyosatchini Ukraina hududiga olib o'tishgan edi.  

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Gruziya , readmissiya , Polsha , Ukraina , Mixail Saakashvili

Aloqador xabarlar