Londondagi City xalqaro aeroporti territoriyasida bomba topildi

City xalqaro aeroporti yonida Qirol 5-George portining qurilishi ketayotgan maydonda topilgan bomba 2-Jahon urushidan qolganligi aniqlandi.

Londondagi City xalqaro aeroporti territoriyasida bomba topildi

Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi City xalqaro aeroporti yonida Qirol 5-George portining qurilishi ketayotgan maydonda bomba topildi.

Shu sababli City aeroporti faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi.

Aeroportdagi aviareyslar bekor qilindi, yo’lovchilarning aeroportga yaqinlashmasligi talab qilindi.

City aeroportidan o’tgan metro safarlari ham to’xtatildi.

Bomba borligini payqab qolgan ishchilar darhol politsiyani voqeadan xabardor qilgan.

Darhol atrofda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Qirollik mutahassislarining tekshiruvidan so’ng ma’lum bo’lishicha, bu jism 2-Jahon urushidan qolgan bo’lib, portlash tahlikasi bo’lgan bomba hisoblanadi.

Aeroport boshqaruvi yetakchilari ma’lum qilishicha, xozirda politsiya, dengiz floti va Nyuham hokimiyati hamkorlikda bombaning portlashini oldini olish va uni yo’q qilishga harakat qilmoqda.

London shahar markaziga eng yaqin masofada joylashgan City aeroporti 1987 yilda tarixiy portning ustiga qurilgan.

City aeroporti Londondagi 6 ta xalqaro aeroport ichida eng gavjum 5-aeroporti bo’lib hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar