• Video galereya

Rossiya, “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya haqida bayonot berdi

“Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya ortidan chet el davlatlaridan Rossiya birinchilardan bo’lib mavzu haqida bayonot berdi.

Rossiya, “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya haqida bayonot berdi

Suriyaning Afrin shahridagi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD va DEASh terror tashkiloti pozitsiyalariga qarshi boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya ortidan chet el davlatlaridan Rossiya birinchilardan bo’lib mavzu haqida bayonot berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan shu haqidagi bayonotga ko’ra Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Pentagon, Amerika tarafdori guruhlarga zamonaviy qurol-yaroqlar berib, ig’vogar harakatlarga qo’l urgan.

Vashington boshqaruvining Suriyada noto’g’ri ishlar qilayotganligi ifoda etilgan bayonotda, mintaqadagi muammoni hal qilish va Jeneva jarayonining tahdid qilinganligiga e’tibor qaratildi.

Aytib o’tish joizki AQSh Mudofaa vazirligi ham operatsiya haqida bayonot berdi.

Pentagon o’z bayonotida, Turkiyaning PKK borasidagi qayg’ularini tushunib turganligini qayd etdi.

Shuningdek, mo’ljallangan nuqtalarning DEASh terror tashkilotini yo’q qilish ekanligini ifoda etib, AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan olib borilgan amaliyotning Afrinda emasligini qayd etdi.

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligi ham Afrin amaliyoti haqida bayonot berdi.


Tanlangan kalimalar: AQSh , Afrin , Rossiya , Zaytun novdasi

Aloqador xabarlar