Venesuelaning Marida shtatida oziq-ovqat tanqisligi xalqni namoyishga chorladi

Venesuelaning Marida shtatida oziq-ovqat tanqisligi tufayli o'tkazilayotgan namoyishlarda 3 kishi halok bo'ldi.

Venesuelaning Marida shtatida oziq-ovqat tanqisligi xalqni namoyishga chorladi

Venesuelaning Marida shtatida oziq-ovqat tanqisligi tufayli mahalliy aholi ikki kundan buyon norozilik namoyishlarini o’tkazmoqda.

Namoyishlarda 3 kishi halok bo’ldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari uchun navbatga turgan olomon o’rtasida sodir bo’layotgan tartibsizliklarda kamida 16 kishi jarohatlandi.

Marida shtatida chorva mollari boqiladigan fermaga hujum qilindi.

Hujumni sodir qilgan shaxslar fermadagi chorva mollarini qatl etdi.

Eslatma: Venesuelada o’tgan yili ham bunga o’xshash voqealar ro’y bergandi.

Oziq-ovqat tanqisligi, inflyatsiyaning balandligi va avj olgan jinoyatchilik tufayli o’tgan yili uyushtirilgan namoyishlarda kamida 125 kishi halok bo’lgandi.

 

 



Aloqador xabarlar