Chexiyada Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi lekin hali hanuz prezident saylangani yo’q

Chexiyada uyushtirilgan Prezidentlik saylovining birinichi bosqichi o’z nihoyasiga yetdi lekin hali hanuz prezident saylangani yo’q.

Ikki kun davom etgan prezidentlik saylovida kuch sinashgan 9 nomzoddan hech qaysinisi saylovda g’alaba qozonish uchun kerakli bo’lgan 50 foizlik ovozni qo’lga kiritolmadi.

Ovozlarning 99 foizi sanalib bo’lar ekan amaldagi prezident Milos Zeman uning 38 foizini, sobiq Chexiya Fanlar akademiyasi rahbari Jiri Drahost esa 26 foizini oldi.

Ulardan tashqari nomzodlardan Pavel Fischer 10, Mihal Horachek 9, Marek Hilser esa 8 foiz ovoz oldi.

Zeman va Drahost, 26-27-yanvar kunlari o’tkaziladigan saylovning ikkinichi bosqichida takror kuch sinashadi.

Aytib o’tish joizki Zeman, Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini ham qo’llab-quvvatlagan edi.

Aloqador xabarlar