Falastin olimlar ittifoqi musulmonlarni namoyishga chorladi

“Butun islom ummatini va xalqini “Qur’on va sunnat” shiori bilan buyuk qozg’alon ko’tarishga chorlaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Falastin olimlar ittifoqi musulmonlarni namoyishga chorladi

Falastin olimlar ittifoqi Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qattiq qoraladi.

Ittifoq yetakchilari barcha musulmonlarni Donald Trampning qarorini qoralash maqsadida ommaviy namoyishga chorladi.

Bu haqda Falastin olimlar ittifoqi yozma bayonot berdi.

“Butun islom ummatini va xalqini “Qur’on va sunnat” shiori bilan buyuk qozg’alon ko’tarishga chorlaymiz”,-deyiladi bayonotda.

“Ushbu qaror yahudiy radikalizmini avj oldiradi. Shu sababli, AQShning bu qadamiga qarshi Falastindagi barcha guruhlar o’zaro birlashib, harakat qilishi zarur”,-dedi Falastin olimlar ittifoqi yetakchilari.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanida BMT xavfsizlik kengashining 1980 yilda Isroilning Sharqiy Qudsni ishg’ol qilib poytaxt e’lon qilishini yaroqsiz deb hisoblagan 478-sonli qaroriga qaramay, “Al-Qudsni Isroil poytaxti deb rasman tan olish vaqti keldi”,-dedi.

 U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Al-Qudsga ko'chirishga tayyorgarlik ko'rishni boshlash vazifasini topshirdi.

 



Aloqador xabarlar