Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ustidan qidiruv e’lon qilindi

Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga Jinoyat kodeksining uch moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ustidan qidiruv e’lon qilindi

Ukraina bosh prokuraturasi Odessa oblastining sobiq gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga qidiruv e’lon qildi.

Ukraina bosh prokuror matbuot kotibi Larisa Sargan o'z tvitterida bu haqda ma’lum qilgan.

“Mixail Saakashviliga Jinoyat kodeksining uch moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. U "Jinoyatga qo’l urish", "Shaxslar guruhi tomonidan jinoyat sodir etish", shuningdek, "Jinoiy tashkilotlar ishtirokchilariga ko'mak ko'rsatish va ularning jinoiy faoliyatini yashirish" moddalari bo’yicha sudlanadi”,-deb yozdi Larisa Sargan.

Tergovni Ukraina Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari olib boradi.

Ukraina fuqaroligidan chiqarilgan Saakashvili kecha 5-dekabr seshanba kuni Kiyevdagi uyida qo’lga olingan edi.

Lekin, siyosatchining yuzlab tarafdorlari Ukraina xavfsizlik xizmati mashinasidan Saakashvilini kuch ishlatish yo'li bilan qutqarib olishdi.

Shundan so'ng, Saakashvili Oliy rada yonidagi bino oldiga keldi va mitingda ishtirok etdi.

U yerda mamlakat prezidenti Poroshenko, Bosh prokuratura va Ukraina Xavfsizlik Xizmati rahbariyatini iste’foga chiqardi.

Saakashvili bo’yniga qo’yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar