Sudan davlat rahbari O'mer al-Bashir, AQShni aybladi...

Sudan davlat rahbari O'mer al-Bashir, Amerika qo'shma shtatlarini, o'lkasining ichki ishlariga aralashganini bildirdi.

854156
Sudan davlat rahbari O'mer al-Bashir, AQShni aybladi...

Sudan davlat rahbari O'mer al-Bashir, Amerika qo'shma shtatlarini (AQSh), o'lkasining ichki ishlariga aralashganini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida uchrashgan Bashir, AQShning oraga kirishi bilan Suriyada bir falokat bo'lganini bildirib, "Sudan ham Amerika yuzidan ikkiga bo'lindi. Mana shuning uchun Amerikangi hujumkorona tashabbuslaridan o'zimizni qo'riqlashimiz  muhim. Ayrim sohalarda Rossiya bilan hamkorlik qilishimiz kerak"  dedi.

Bashir, Rossiya bilan ko'p mavzuda hamfikr bo'lganliklari uchun mamnuniyat bildirdi.

Sudan qoshinini qayta tiklash uchun bir dastur boshlatilganini ifoda etgan Bashir, "Bu mavzuda Rossiyadan dastak kutamiz" deb so'zladi.

Qizildengiz atrofida ro'y bergan hodisalardan chuqur qayg'u his etganliklarini qayd etgan Bashir, "AQShning bu maydonlarda arlashishi katta muammo. Buni, Qizildengizdagi harbiy bazarlar jihatidan baholash darkor" deb ifoda etdi.

Rossiya prezidenti ham, Sudan bilan asosan energiya, dehqonchlik va harbiy texnika sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istaganliklarini izohladi.



Aloqador xabarlar