Tolibon Qandahordagi politsiya nazorat uchastkalariga hujum qildi

Hujumlarda 22 nafar politsiyachi halok bo'lgan,15 nafari jarohatlangan.

Tolibon Qandahordagi politsiya nazorat uchastkalariga hujum qildi

Tolibon Afg'onistonning Qandahor viloyatidagi barcha politsiya nazorat uchastkalariga hujum qildi.

Bu haqda Qandahor xavfsizlik boshqarmasi kotibi Ziyo Duraniy ma'lum qildi.

Uning aytishicha, Tolibon kecha oqshom Mayvand va Jiray tumanlaridagi politsiya nazorat uchastkalariga bir paytning o'zida hujum sodir qilgan. Hujumlarda 22 nafar politsiyachi halok bo'lgan,15 nafari jarohatlangan.

Hujumdan so'ng, boshlangan otishmalar taxminan 2 soat davom etgan.

Otishmalarda Tolibonga a'zo 40 ta terrorist o'ldirilgan, 35 nafariga tan jarohati yetkazilgan.

Tolibon esa, hujumda 40dan ziyod politsiyachi o'ldirilganini iddao qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: hujum , Tolibon , Qandahor , Afg'oniston

Aloqador xabarlar