Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Ummonga tashrif buyurdi

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Ummon tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Ummonga tashrif buyurdi

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Ummonga tashrifi chog'ida Ummon tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mintaqadagi so'ngi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining maktubini Ummon qiroli Kabus bin Saidga taqdim etish maqsadida tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviyga topshirdi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri olti arab davlatini (Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Bahrayn, Ummon, Saudiya Arabistoni) o'z ichiga olgan 3 kunlik safarini 12 noyabr kuni Iordaniyadan boshlagan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Yusuf bin Alaviy , Samih Shukri , Ummon , Misr

Aloqador xabarlar