AQSh o’tkazgan harbiy mashg’ulot yadro urush tahdidini oshirmoqda...

Shimoliy Koreyaning Birlashgan millatlar tashkilotidagi  doimiy vakili Ja Song Nam, Amerika qo’shma shtatlari  Janubiy koreya bilan hamkorlikda o’tkazgan harbiy mashg’ulot yadro urush tahdidini oshirmoqda deb ogohlantirdi.

Ja, BMT Boh kotib Antino Guterresga yuborgan maktubida, AQSh so’nggi uch samolyot kemasi bilan ishtirok etgan harbiy mashg’ulot Koreya yarim orolida taranglikni  avj oldirib, orolda  “ bugungacha bo’lgan eng yomon vaziyatga” sabab bo’ldi deb   qayd etdi.

AQSh Sovuq  urush davridagi yadro salohiyatli B-52 strategik bombardimon samolyotlarini  qaytadan faoliyatga o’tkazganini aytgan Ja, Janubiy Koreya bilan uyushtirgan  qo’shma harbiy mashg’ulotlar yadro urush tahdidini avj oldirdi deb ogohlantirdi.  

Ja, AQSh tanaffus bermasdan yil bo’yicha o’tkazgan yadro urush mashg’ulotlari va shantajlari shimoliy Koreyaning “ tanlagan yo’l to’g’ri ekanini ko’rsatdi va  oxirigacha bu yo’lda davom etadiganlarini “ qayd etdi.

Koreya yarim oroli atrofida boshlagan va Janubiy Koreyadan 7  dengiz flot kemasi bilan AQSh dengiz flotidan USS Nimitz, USS Theodore Roosevelt, USS Ronald Regan nomidagi uch samolyot kemasi va 11ta urush kemasi ishtirok etgan harbiy mashg’ulot, 14- noyabrgacha davom etadi deb ma’lum qilgan edi.

Tanlangan kalimalar: AQSh , Mashg'ulot , Harbiy , Yadro , Shimoliy Koreya , Shimoliy

Aloqador xabarlar