Suriyada terror tashkiloti PKKning Rakka operatsiyasi 1873 insonning hayotiga zomin bo’ldi

AQSh harbiylarining yordami bilan olib borilgan Rakka operatsiyasida viloyatning 90%i yer bilan yakson bo’ldi.

Suriyada terror tashkiloti PKKning Rakka operatsiyasi 1873 insonning hayotiga zomin bo’ldi

Suriyada terror tashkiloti PKK AQSh harbiylarining yordami bilan Rakkada operatsiya olib bordi.

Ushbu operatsiyalar kamida 1873 fuqaroning hayotiga zomin bo’ldi, 450 mingdan ortiq aholi uylarini tark etishga majbur bo’ldi.

Inson huquqlari faollarining “Rakka qatl etilmoqda” nomli internet saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, PKK va PYD terror tashkilotlari tomonidan 6 iyunda boshlangan operatsiyada 3829 marta havo hujumi sodir qilindi.

Hujumlarda kamida 1873 nafar tinch aholi nobud bo’ldi, 450 ming aholi boshpanasiz qoldi.

Rakkada 90dan ortiq xudkushlik hujumi sodir qilindi.

Bu hujumlar oqibatida 8 ta shifoxona, 29 ta masjid, 40 ta maktab, 5 ta universitet binosi va 4 ta ko’prik vayron bo’ldi.

Viloyatning 90%i yer bilan yakson bo’ldi.

Eslatma: Terror tashkiloti PKK va PYD kecha Suriyada AQShning qo’llab quvvatlovi bilan DAISh qal’asiga aylangan Rakka viloyatining nazoratini butunlay qo’lga olgan edi.

Suriyaning shimolida joylashgan Rakka viloyati 2014 yilning yanvar oyida DAIShning qo’liga o’tgan edi.

 



Aloqador xabarlar